Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2007 09.02.2006 yildagi PQ-279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLI VA HUDUDLARNI SEL-TOShQIN VA KOʻChKI HODISALARI BILAN BOGʻLIQ FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISh HAMDA ULARNING OQIBATLARINI BARTARAF ETISh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-sonli “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshqin va sel oqimlari keltirishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirish, koʻchkilarning oldini olish, ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish va bu borada olib borilayotgan muhofaza ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qor koʻchishlari, toshqin va sel oqimlari xavfsiz oʻtishini taʼminlash, koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (bundan keyin – Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi) tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda 2006-yil bahor-yoz davrida qor koʻchishlari, toshqinlar, sel oqimlari va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 15-martgacha Oʻzgidromet va Davlat geologiya qoʻmitasining tegishli xizmatlari maʼlumotlari asosida xavfli hududlarda joylashgan xoʻjaliklar roʻyxatini belgilasin va uni muntazam aniqlashtirib borsin, mazkur hududlarda yashaydigan aholini vaqtincha koʻchirish yoki (zarurat boʻlsa) respublikaning xavfsiz hududlariga doimiy yashash uchun bosqichma-bosqich koʻchirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarni xavfli gidrometeoralogik va geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha rejada koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari, manfaatdor vazirlik va idoralarning muassasa va tashkilotlari samarali hamkorlik qilishini va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzgidromet (V. Chub) va Davlat geologiya qoʻmitasi (N. Ahmedov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 20-fevralgacha Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga, viloyatlar va shaharlar hokimliklariga xavfli hududlarda joylashgan xoʻjaliklar, aholi punktlari va odamlari vaqtinchalik koʻchirilishi yoki koʻchirib ketilishi zarur boʻlgan boshqa obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etsin, shuningdek, muhandislik-texnikaviy muhofaza chora-tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha takliflar bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya vaziyat va geologik jarayonlarning uzluksiz monitoringini tashkil etsin va amalga oshirsin, bunda A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidagi qismiga alohida eʼtibor qaratsin, xavfli hududlarga tushib qolgan yangi obyektlar toʻgʻrisida zudlik bilan axborot taqdim etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozgi taʼtillar va maktab taʼtillari mavsumi boshlanishidan oldin bolalar sogʻlomlashtirish lagerlari, sanatoriylar, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarni muhandislik-geologik tekshiruvdan oʻtkazsin. Zarur boʻlganda, obyektlarni vaqtincha yopish yoki kerakli muhofaza choralarini amalga oshirish toʻgʻrisida yozma ravishda koʻrsatmalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda joylardagi davlat hokimiyati organlari, obyektlari va xoʻjaliklari xavfli hududlarda joylashgan korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolari tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish toʻgʻrisidagi tegishli ogohlantirish va koʻrsatmalarning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda toʻplangan qorning hajmi, sel va koʻchki xavfi mavjud hududlarni aniqlash, oʻpirilish xavfi boʻlgan togʻ koʻllarining holatini baholash hamda bu joylarda gidrometeorologik vaziyat va geologik jarayonlarning rivojlanish surʼatini doimiy kuzatish va prognoz qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida togʻli va togʻoldi tumanlarda, shu jumladan, zarurat boʻlganda, chegaradosh davlatlar hududida (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda) 2006-yilning 1-martidan 1-sentabrigacha boʻlgan davrda muntazam aerovizual rekognossirovka olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi tahdidlariga qarshi oʻz vaqtida chora koʻrish hamda aholi va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tezkor tashkil etish va boshqarish uchun viloyat va tuman (xavfli tumanlarda) shtablari tashkil etsin; mazkur shtablarni zarur miqdorda transport vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari va aloqa vositalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2006-yil 15-martgacha xavfli uchastkalarni aniqlash uchun gidrotexnik inshootlar, koʻpriklar, qirgʻoqlar, daryolar uzanlari va soylarining holatini oʻrganib chiqsin ularni tozalash va mustahkamlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan muhofaza choralari va avariya-tiklash ishlari bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatsiz qurilish va noruda materiallar qazib olish, daryolar oʻzanida boshqa xoʻjalik faoliyatini olib borish oqibatida daryolar, kanallar va soylarning suv oʻtkazish imkoniyatlari kamayishi holatlariga yoʻl qoʻymasin va buning qatʼiy oldini olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi va Oʻzgidromet koʻrsatmalari asosida xavfli hududlardan koʻchirilishi zarur boʻlgan xoʻjaliklar aholisining oʻz vaqtida va bexatar koʻchirilishini taʼminlasin. Xavfsiz joylarga koʻchirilayotgan kishilarning hayot kechirishi va munosib turmushi uchun zarur barcha sharoitlarni yaratsin, ular orasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi davlat hokimiyati organlari balansida turgan daryo oʻzanlari va soylar qirgʻoqlarini mustahkamlash va ularni tozalash chora-tadbirlarini moliyalash asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha mahalliy budjetlar zaxira fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (S. Ismoilov), “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi (T. Kamolov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda gidrotexnik inshootlarning (kanallar, dambalar va sel yoʻllari) sel va toshqin suvlarini xatarsiz oʻtkazib yuborishga tayyorligini tekshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda 2006-yilning 15-martigacha oʻzanli suv omborlarini tekshirsin va ushbu suv omborlarining sel hamda toshqin suvlarini xavfsiz qabul qilish va xatarsiz oʻtkazib yuborishga doimiy tayyorligini kafolatlovchi ish tartibini taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatsin, toshqinlar boshlanganda har bir oʻzanli suv omborida ruxsat etilgan eng yuqori hajmning kamida 30 foizi miqdorida boʻsh joy mavjud boʻlishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sel va toshqinlar paytida joylardagi barcha boʻlinmalarda rahbar xodimlarning tunu kun navbatchiligini va suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsiz ishlashini nazorat qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Subanov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlikning hududiy boshqarmalari shaxsiy tarkibini sel va toshqinlar yuz beradigan davr mobaynida kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, qidiruv-qutqaruv boʻlinmalari va tezkor guruhlarning xavf yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga doim tayyorligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan bogʻliq vaziyatlarni kuzatish boʻyicha maʼlumotlarni toʻplasin va tahlil qilsin, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish va ushbu holatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarga doir takliflarni Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga oʻz vaqtida taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi va Oʻzgidromet bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining monitoringini amalga oshirish va bundan oʻz vaqtida xabardor qilish maqsadida oʻpirilish xavfi mavjud boʻlgan togʻ koʻllarini kuzatish uchun tegishli texnika va sifatli aloqa vositalari bilan jihozlangan muvaqqat postlarni oʻz vaqtida tashkil etishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekistan aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda xabardor qilish tizimining puxta ishlashini, favqulodda vaziyatlar xavfi toʻgʻrisidagi axborot va signallarni oʻz vaqtida yetkazish va tegishli vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda aholini xabardor qilishni taʼminlashga doir choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilning bahor-yoz mavsumida sel-toshqin va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan uchastkalarda tegishli koʻnikmalarni mashq qilish va zarur himoya ishlarini amaliy bajarish maqsadida maxsus taktika mashqlarini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarorlarining bajarilishini samarali muvofiqlashtirish va qatʼiy nazorat qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) joylardagi davlat hokimiyat organlari – dahldor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tabiiy xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda aholi (jumladan, koʻchirilgan shaxslarning muddatdan oldin qaytishi), transport vositalari va texnikani xavfli uchastka va hududlarga qoʻymaslik maqsadida yoʻllar, transport kommunikatsiyalarida qoʻshimcha postlar va ogohlantiruvchi belgilar qoʻyilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashqi ishlar vazirligi (E. Gʻaniyev) 2006-yilning 1-apreligacha Qirgʻiziston va Tojikiston hukumatlaridan Oʻzgidromet boʻlinmalari tomonidan ushbu mamlakatlardagi togʻoldi va togʻli hududlarda qor zaxirasi hajmini aniqlash, togʻ koʻllarini baholash va Oʻzbekistan Respublikasi hududidagi uchastkalarga xavf tugʻdiruvchi sel, toshqin va koʻchki xavfi boʻlgan zonalarni aniqlash maqsadida aeroviziual tekshirishlarni oʻtkazish uchun ruxsat olish hamda ularning holatini birgalikda monitoring qilish masalasini tegishli tartibda hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (R. Azimov) belgilangan tartibda Oʻzgidrometga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan chegaradosh davlatlar hududidagi togʻoldi va togʻli tumanlarda aeroviziual tekshirish ishlarini oʻtkazish uchun 101 million soʻm miqdorida maqsadli yoʻnaltirilgan mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov) vaqtinchalik va doimiy yashash joylariga koʻchirilgan aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni va bu joylarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini taʼminlasin. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda dori-darmon, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalarning yetarli darajadagi zaxirasini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (M. Abdullayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovoni uchastkasida odamlar va transport vositalari harakati xavfsizligini tashkil etish maqsadida muhandislik-texnik muhofaza tadbirlari bajarilishini taʼminlasin. Respublikaning boshqa hududlaridagi avtoyoʻllar tabiiy xodisalar oqibatida buzilgan hollarda ularni qayta tiklash uchun zarur kuch va vositalar tayyor turishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi “Toshqin suvlarini, sel oqimlarini oʻtkazib yuborish va koʻchki xodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-16-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-279-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 2-son, 105-modda)