Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO HAVO KEMALARINING RADIOJIHOZLARIGA SERTIFIKAT BERISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-fevralda 1428-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 9-martdagi 72-n-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2768, 11.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Havo kemasiga oʻrnatilgan radiojihoz tizimlari nomlarining roʻyxati, miqdori yoki radiojihoz signalining nurlanish chastotasi oʻzgarganda, radiojihoz Sertifikatini qayta rasmiylashtirish taomilini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 9-noyabrdagi 146-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (2004-yil 26-dekabr, roʻyxat raqami 1428) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalarining radiojihozlariga Sertifikat berish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida oʻzgarishlarning koʻpaytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishini nazorat qilish Sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi zimmasiga yuklatilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-yanvar,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 73-modda)