OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalarining radiojihozlariga sertifikat berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 26-noyabrda 1428-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 9-martdagi 72-n-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2768, 11.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, xalqaro aviatsiyada tavsiya qilingan amaliyot va standartlar talablariga muvofiq Davavianazorat tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalarining radiojihozlariga sertifikat berish boʻyicha yoʻriqnoma” ishlab chiqildi. Buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalarining radiojihozlariga sertifikat berish boʻyicha yoʻriqnoma*” tasdiqlansin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida yoʻriqnoma koʻpaytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor shaxslarga tarqatilishi taʼminlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan oʻn kun oʻtgach, mazkur Yoʻriqnoma amalga kiritilsin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazorat sertifikatlash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi zimmasiga yuklatilsin.
Davavianazorat boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-noyabr,
146-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-son, 491-modda; 2007-y., 7-8-son, 73-modda; 2012-y., 44-son, 509-modda; 2014-y., 22-son, 265-modda)