OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
SAMARQAND VILOYATI MAHALLIY BUDJETINING GʻAZNA IJROSI HISOBI HAQIDAGI VAQTINChALIK QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-noyabrda 1599-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 4-avgustdagi 70, 20/8-sonli ““Samarqand viloyati mahalliy budjetining gʻazna ijrosi hisobi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1599-2, 16.09.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) 18-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 12-iyuldagi 61 va 279-sonli “Samarqand viloyati mahalliy budjetining gʻazna ijrosi hisobi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash haqida” qaroriga (2006-yil 24-iyul, roʻyxat raqami 1599 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 296-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-noyabr,
97-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-noyabr,
279-V-1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 490-modda)