OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
SAMARQAND VILOYaTI MAHALLIY BUDJETINING GʻAZNA IJROSI HISOBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 14-noyabrdagi 97, 279-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1599-1-son 25. 11.2006-y.) tahririda. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1599-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi va “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 52-son, 386-modda) asosan Samarqand viloyati mahalliy budjetining gʻazna ijrosini amalga oshirish va uning hisobini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirli va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan “Samarqand viloyati mahalliy budjetining gʻazna ijrosi hisobi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik qoidalari tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyul,
61-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-iyul,
279-V-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 296-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 490-modda)