Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
7. Kundalik xizmat faoliyati uchun muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 5-ilovasida ko‘rsatilgan mezonlar asosida har hafta yakunida bir marta besh ballik tizim bo‘yicha baho qo‘yiladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
8. Qorovulda, sutkalik naryadlarda xizmatni o‘tashi, topshirilgan maxsus majburiyatlarning bajarilishi uchun muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur Nizomning 6-ilovasida ko‘rsatilgan mezonlar asosida har hafta yakunida bir marta besh ballik tizim bo‘yicha baho qo‘yiladi hamda mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarining tegishli grafalariga kiritiladi.
10. Oy yakunlari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchilar reyting ko‘rsatkichlarining natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq pasayib borish tartibida tuziladigan Reyting natijalarining oylik vedomosti rasmiylashtiriladi hamda batalon komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda har oyning to‘rtinchi payshanba kuni batalon (batalonga tenglashtirilgan bo‘linma) komandiriga taqdim etiladi. Reyting natijalarining oylik vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
11. Batalon komandiri vzvod (bo‘linma) komandirlari tomonidan taqdim qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning reytingi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishni tashkillashtirib, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Haftalik reyting vedomostini rasmiylashtiradi va harbiy qism komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan kelishgan holda har oyning to‘rtinchi juma kuni harbiy qism komandiriga taqdim etadi. Haftalik reyting vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
17. Test sinovlari o‘tkazilishidan besh kun oldin mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti tuziladi. Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti bevosita komandirlar, komandir o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi, harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Reyting natijalarining yig‘ma vedomostining nusxasi shtab boshlig‘ining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan uch kun oldin bo‘linmalarda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi. Reyting natijalarining yig‘ma vedomosti muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi.
21. DTM dan test sinovlarining natijalari haqida rasmiy ma’lumotlar olingandan so‘ng har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq test sinovlarining natijalari va muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat mobaynida to‘plagan ballari ko‘rsatilgan Yakuniy vedomost tuziladi. Yakuniy vedomost to‘plangan ballar pasayib boruvchi tartibda tuziladi hamda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat muddatini o‘tab bo‘lgandan keyin besh yil davomida saqlanadi. Yakuniy vedomost nusxasi shtab boshlig‘ining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTM dan olingan test natijalariga oid rasmiy hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi.
Harbiy qismlarning (muassasalarning) saf bo‘limida mazkur Nizomning 1, 2, 3, 4 va 7-ilovalariga muvofiq tuzilgan vedomostlar ro‘yxatga olinadi va ularning qat’iy hisobi yuritiladi.
3, 4, 5, 6-grafalarga mazkur Nizomning 1-ilovasining tegishli grafalaridagi ko‘rsatkichlar kiritiladi, ya’ni tegishli haftada uchta baholash mezoni bo‘yicha to‘plangan ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati, shuningdek qavsda o‘quv fanlari bo‘yicha olingan baholarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi. 7-grafaga 3, 4, 5, 6-grafalardagi ko‘rsatkichlarning umumiy o‘rtacha qiymati kiritiladi.

T.r.

F.I.O.

201__ yil _______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil ______oyi

201__ yil _____oyi

201__ yil _____oyi

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

1-hafta

2-hafta

3-hafta

4-hafta

O‘rtacha ko‘rsatkich

Yakuniy

o‘rtacha ko‘rsatkich

1.

2.

3.

Ko‘rsatkichlar to‘g‘riligini tasdiqlayman

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(ha�biy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

____________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)v

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

___________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

__________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

_______

(imzo)

-vzvod komandiri

_________________

(harbiy unvon, F.I.O.)

1. “201__ yil ________oyi” grafasiga mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasining 3, 4, 5, 6 va 7-grafalaridagi ko‘rsatkichlar kiritiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”