21.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2402
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmatining qarori , 21.11.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2402
Дата вступления в силу
01.12.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 22- son, 242-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 22-son, 242-modda) muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (keyingi o‘rinlarda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
6. Test sinovlari o‘tkazilishi boshlanishidan 5 kun oldin harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davri uchun jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘yilgan umumiy o‘rtacha baholar va ballarning yig‘ma vedomosti tuziladi. Yig‘ma vedomost muddatli harbiy xizmatchilarning bevosita komandirlari va harbiy qism komandirining o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
10. DTMdan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy ma’lumotlar olingach, har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari va xizmat davri davomida to‘plangan ballarning yakuniy vedomosti tuziladi. Yakuniy vedomost to‘plangan ballarning pasayish tartibida tuzilib, harbiy qism komandirining o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Yakuniy vedomostning nusxasi harbiy qism shtabi boshlig‘ining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy hujjatlar bilan birga hamma uchun ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi.