11.01.2021 yildagi PQ-4940-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq, olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — budjet tashkiloti) boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga (keyingi o‘rinlarda — oliy ma’lumotli mutaxassislar) bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoniga muvofiq, boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot xodimi) olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot muassasasi) ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
mazkur qarorda olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga “Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari” mezoni kiritilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida oliy ma’lumotli mutaxassisga va (yoki) tibbiyot xodimiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yuz�sidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan ma’lumotga asosan budjet tashkilotini tanlagan holda ishga kirish yuzasidan murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligi

Oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligi o‘rtasida mazkur qaror bilan belgilangan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolanadi va olis hududlarda joylashgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi talab etilayotgan budjet tashkilotiga ishga joylashish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va (yoki) viloyat hokimining mas’ul o‘rinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanoma budjet tashkilotiga yuboriladi.

Murojaat tushgan kundan boshlab ikki ish kunida

3-bosqich

Budjet tashkiloti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va (yoki) viloyat hokimining mas’ul o‘rinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanomaga asosan oliy ma’lumotli mutaxassisni va (yoki) tibbiyot xodimini ishga qabul qilish hamda boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash to‘g‘risida tashkilot rahbari buyrug‘ini chiqaradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Budjet tashkiloti

Oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash uchun talab etiladigan mablag‘larning budjet tashkilotining xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiradi. Bunda, budjet mablag‘lari yetishmovchiligi yuzaga kelganda tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limiga so‘rov yuboradi.

Buyruq qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi

Barcha so‘rovlarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash uchun talab etiladigan mablag‘larni ajratish yuzasidan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasiga murojaat qiladi.

Har oyning 5-kuniga qadar

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi

Tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlari so‘rovlarini umumlashtirib, boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini to‘la� uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish choralarini ko‘radi hamda respublika budjeti hisobdan mablag‘ ajratish zarurati bo‘lgan taqdirda, qo‘shimcha talab etiladigan mablag‘larni ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Har oyning 10-kuniga qadar

7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari so‘rovlariga asosan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash uchun talab etiladigan qo‘shimcha mablag‘larni tegishli budjetlarga ajratadi.

Har oyning 20-kuniga qadar

8-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi

Ajratilgan mablag‘larni tuman (shahar) budjetlariga ajratadi.

Mablag‘ ajratilgan kuni

 

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi

Ajratilgan mablag‘ni oliy ma’lumotli mutaxassisga va (yoki) tibbiyot xodimi talab etilayotgan budjet tashkilotining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Mablag‘ ajratilgan kuni

10-bosqich

Budjet tashkiloti

Oliy ma’lumotli mutaxassisga va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlang‘ich yordam puli va har oylik �ul kompensatsiyasini to‘lab beradi.

Mablag‘lar ajratilgandan so‘ng uch ish kunida

3-ilova quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: