27.10.2016 yildagi 365-son
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriyligiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.