Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Ariza beruvchi | “Mycoal.uz” interaktiv portali va uning mobil ilovasi orqali (keyingi oʻrinlarda — interaktiv portal) roʻyxatdan oʻtadi va koʻmir mahsulotini xarid qiladi hamda kompensatsiya tayinlash uchun quyidagi shakllarda soʻrovnoma asosida murojaat qiladi: bevosita davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga borgan holda yoki oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali. | Xohishiga koʻra | |||
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda. Soʻrovnoma avtomatik ravishda “YAMIH” ATga yuboriladi. | Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik ravishda | |||||
2-bosqich | “YAMIH” AT | Vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlar hamda soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga asosan ariza beruvchining oilasi boʻyicha oʻrganish oʻtkaziladi. Oʻrganish yakuni boʻyicha, koʻmir xarid qilganligini oʻrganish uchun interaktiv portal soʻrov yuboradi. | Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda | |||
3-bosqich | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi | Interaktiv portal orqali koʻmir xarid qilgan oilalar, sotib olingan koʻmir hajmi va sotib olingan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMIH” ATga taqdim etadi. | Avtomatik ravishda | |||
4-bosqich | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 1. Interaktiv portal tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan oilaga kompensatsiya tayinlaydi va kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatiga kiritadi yoki kompensatsiya tayinlashni rad etadi. | Avtomatik ravishda | |||
2. Kompensatsiya oluvchi oilalar boʻyicha toʻlov roʻyxatlarini Moliyaviy agentga yuboradi. | Soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar | |||||
3. Kompensatsiya oluvchi oilalarga kompensatsiya toʻlovini toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni Moliyaviy agentga oʻtkazib beradi. | Soʻrovnoma toʻldirilgan oydan keyingi oyning 25-sanasiga qadar | |||||
5-bosqich | Moliyaviy agent | Kompensatsiya toʻlovini ijtimoiy karta orqali toʻlab beradi. | Mablagʻlar Moliyaviy agentga oʻtkazilganidan soʻng bir ish kuni ichida |
______________ | ______________ | |||
(sana) | (raqam) | |||
Koʻmir xaridi uchun kompensatsiya qilish boʻyicha | ||||
SOʻROVNOMA | ||||
I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar: | ||||
1. Familiyasi | ||||
2. Ismi | ||||
3. Otasining ismi (mavjud boʻlsa) | ||||
4. Tugʻilgan sanasi | ||||
5. Mahalla fuqarolar yigʻini | ||||
5.1. Koʻcha(mavze) | ||||
5.2. Uy | ||||
5.3. Xonadon | ||||
6. Telefon raqami | ||||
7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) | ||||
8. “Mycoal.uz” interaktiv portali orqali roʻyxatdan oʻtgan ariza raqami |
| |||
II. Oilaning mavjud chorva mollari, parrandalari hamda ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oila foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar joy binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari | ||||
T/r | Koʻrsatkichlar | Miqdori | ||
1. | Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni: | |||
1.1 | Buqa va sigirlar | |||
1.2 | Yosh qoramollar | |||
1.3 | Ot va tuyalar | |||
1.4 | Katta yoshdagi choʻchqalar | |||
1.5 | Qoʻylar | |||
1.6 | Katta yoshdagi parrandalar | |||
1.7 | Yosh parrandalar | |||
2. | Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oila foydalanuvida boʻlgan: | |||
2.1 | Yuk avtotransport vositalari soni | |||
2.1.1 | Ishlab chiqarilgan yili | |||
2.1.2 | Davlat raqami belgisi | |||
2.2 | Yengil avtotransport vositalari soni | |||
2.2.1 | Ishlab chiqarilgan yili | |||
2.2.2 | Davlat raqami belgisi | |||
2.3 | Daromad keltiruvchi noturarjoy binolari soni | |||
2.4 | Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix) | |||
III. Ilova qilinadigan hujjatlar: | ||||
Boshqa hujjatlar (mavjud boʻlsa) | ||||
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Masʼullar |
Aholi va budjet tashkilotlariga mahalliy koʻmirni yetkazib berish | ||||
1. | Aholi va budjet tashkilotlarining koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish. | 1. Aholi va budjet tashkilotlarining mahalliy koʻmirga boʻlgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda mycoal.uz interaktiv elektron portaliga (keyingi oʻrinlarda — Portal) tegishli maʼlumotlarni kiritish. Bunda har bir isteʼmolchining oʻtgan yilgi isteʼmolini inobatga olish. | Har yili 1-aprelga qadar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi |
2. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir oʻz vaqtida yetkazib berishni tashkil etish. | Har yili may — dekabr | “Oʻzbekkoʻmir” AJ, yetkazib beruvchi tadbirkorlar bilan birgalikda | ||
2. | Aholi va budjet tashkilotlariga mahalliy koʻmirni yetkazib berishda xususiy sektor vakillarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlar) jalb qilish. | 1. Tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish uchun ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon joylashtirish. | Bir hafta muddatda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Tadbirkorlar reytingini quyidagi mezonlar asosida shakllantirish: a) atrofi oʻralgan omborining mavjudligi (yoki ijaraga olingani). Bunda ombor temir yoʻlga ega boʻlsa, ustuvorlik berish; b) keyinchalik Portalga integratsiya qilinadigan avtotarozisi mavjudligini inobatga olish; v) avtoyuklagich mavjudligi (yoki ijaraga olingani); g) koʻmir sotish va yetkazib berish faoliyatining davomiyligini oʻrganish; d) soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisobot oyi yakuniga koʻra muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini inobatga olish. | Ikki hafta muddatda | |||
3. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish maqsadida: birinchi bosqichda — yuqoridagi talablar asosida har bir hududda 3 ta va undan ortiq tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish va barcha tasdiqlovchi hujjatlar bilan Portalda roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etish; ikkinchi bosqichda — tovar-xomashyo birjalari savdolarida (keyingi oʻrinlarda — birja savdolari) ishtirok etadigan tadbirkorlar roʻyxatini Portalda reyting asosida onlayn tarzda shakllantirish hamda savdolarda qatnashish huquqini avtomatik tarzda aniqlagan holda berish. Bunda: | Bir oy muddatda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari , Tovar-xomashyo birjalari | ||
“Koʻmir taʼminot” MCHJga tegishli boʻlgan omborlarni sotib olgan tadbirkorlarni roʻyxatga avtomatik ravishda kiritish; | 2028-yil 1-apreldan boshlab | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Tovar-xomashyo birjalari | ||
aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash maqsadida “Koʻmir taʼminot” MCHJga tegishli boʻlgan omborlarni sotish jarayonlari yakuniga yetkazilgunga qadar ushbu omborlarni tadbirkorlarga “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomiliga asosan ijaraga berish; “Oʻzbekkoʻmir” AJ zarur hollarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning hududiy omborlaridan foydalangan holda, koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri aholi va budjet tashkilotlariga yetkazish. | 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumida | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ | ||
3. | Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun birja savdolarini tashkil etish. | 1. 2026-yil va kelgusi yillar uchun tasdiqlangan balansdagi koʻmir hajmlarini reja-jadval asosida hududlar kesimida taqsimlash hamda har bir viloyat uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etgan holda birja savdolariga chiqarish. Bunda birja savdolarida xarid qilingan koʻmirni kafolatlangan tarzda tadbirkorlarga berilishini hamda viloyatlar kesimida mutanosib ravishda taqsimlanishiga “Oʻzbekkoʻmir” AJni masʼul etib belgilash. | Reja-jadval asosida | “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Tovar-xomashyo birjalari |
2. Birja savdolarini oʻtkazish muddatini, shu jumladan, hududlar uchun alohida savdo maydonchalari va oylik miqdorlari haqidagi eʼlonlarni berib borish. | Har oyning 5-sanasiga qadar | “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Tovar-xomashyo birjalari | ||
3. Koʻmir qazib chiqaruvchilar va importyorlarni Portalda ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularning koʻmirini birja savdolariga chiqarish. Bunda birja savdolariga chiqarilgan, tadbirkorlarga sotilgan hamda hududlardagi koʻmir omborlarida mavjud zaxiralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga kiritib borish. | Doimiy | Koʻmir qazib chiqaruvchilar va import qiluvchilar (ixtiyoriy) | ||
4. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlar tomonidan koʻmirni yetkazib berish manzili va sotish narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga joylashtirish. Bunda ushbu tadbirkor, birinchi navbatda, Portalda olingan buyurtmalar ijrosini taʼminlaydi. | Doimiy | Tovar-xomashyo birjalari, Birja savdolarida koʻmirni xarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar bilan birgalikda | ||
4. | Aholi va budjet tashkilotlariga sotish uchun tadbirkorlar manziligacha koʻmirni yetkazib berish. | 1. Respublikaning barcha hududlari uchun, masofasidan qatʼi nazar, aholi va budjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan mahalliy koʻmirni temir yoʻlda tashishning yagona tarifini joriy etish. | 2026-yil iyul | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
2. Birja savdolarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, koʻmirni xarid qilib olgan tadbirkorlar bilan yagona tarif asosida temir yoʻlda koʻmirni yetkazib berish shartnomalarini imzolash. | Belgilangan muddatda | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tovar-xomashyo birjalari | ||
3. Birja savdolarida xarid qilingan koʻmirni shartnoma shartlariga asosan stansiyadan sifatli va hujjatlashtirilgan miqdoriy hajmlarda ortib berilishini “Oʻzbekkoʻmir” AJ va boshqa qazib chiqarish korxonalari masʼulligi asosida taʼminlab borish. | Belgilangan muddatda | Koʻmir qazib chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar | ||
4. Birja savdolarida qayd etilgan har bir bitim shartiga asosan koʻmir uchun toʻlovni 100 foiz oldindan toʻlash. | Belgilangan muddatda | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | ||
5. Koʻmirni temir yoʻl tarozilarida hajmini qayd etgan holda tadbirkorlarga topshirish. Bunda: koʻmirni tashish uchun vagonlar bilan taʼminlash; tegishli stansiyagacha tashishni tashkil etish; koʻmir tadbirkorlarga yetib borgunga qadar uning miqdoriy hajmiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tegishli tarkibiy boʻlinmalari masʼul hisoblanishini qatʼiy taʼminlash; temir yoʻl tarozisida vagonlarni tortishni shartnoma asosida tashkil etish. Bunda aniqlangan kamomadlarni qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda hal etib borish. | Doimiy | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | ||
6. Birja savdolarida ishtirok etish huquqi asosida koʻmirni xarid qilib olgan tadbirkorlar: koʻmir qazib chiqaruvchilar ortib yuboradigan stansiyadan koʻmirning sifati va miqdoriy hajmi boʻyicha tegishli hujjatlarni qabul qilib olish; oʻz omborlarida koʻmirning sifatli saqlanishi va isteʼmolchilarga manzilli yetkazib berilishini taʼminlash. Bunda Portalda qoʻshimcha joriy etiladigan avtotransportda yuk tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning logistika xizmatlaridan ustuvor tarzda foydalanish; koʻmir avtotransportda ustini maxsus qoplama bilan yopgan holda yetkazib berilishini qatʼiy taʼminlab borish; Portalga maʼlumotlar toʻliq, sifatli va oʻz muddatida kiritib borilishini taʼminlash. | Doimiy | Birja savdolarida koʻmirni xarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ | ||
5. | Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish. | 1. Aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish: | ||
a) aholi xonadonlariga yetkazib berish. Bunda: koʻmirga talabgor boʻlgan aholini Portalda roʻyxatdan oʻtkazish; aholi tomonidan koʻmirning sifati va narxi boʻyicha eng maqbul taklif asosida tadbirkorni tanlab buyurtmasini shakllantirish; Portalga aholi uchun koʻmirni markazlashgan tartibda tarqatish punktining aniq manzili va yetkazib berish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish; Portalda aholi buyurtmasini shakllantirish jarayonida koʻmirni doimiy yoki vaqtinchalik yashash manziliga yetkazib berish yoxud uni umumiy tarqatish punktidan olib ketish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish. Bunda tadbirkor koʻmirni yetkazib berish muddatini oʻzgartiradigan boʻlsa, bu haqida buyurtmachiga maʼlum qilinishi va buyurtmachi yangi sanaga rozi boʻlmasa, buyurtmani bekor qilish imkoniyatiga ega boʻlishini nazarda tutish; | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Birja savdolarida koʻmirni xarid qilish huquqiga ega tadbirkorlar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ | ||
b) budjet tashkilotlariga boshlangʻich narxni pasaytirish usulida oʻtkaziladigan davlat xaridlari elektron savdo platformalari orqali yetkazib berish. Bunda: savdoda bir ishtirokchi qatnashsa ham savdo gʻolibini aniqlash; davlat xaridi shartnomasida koʻmirni yetkazib berish, topshirish va qabul qilib olish shartlariga shartnoma tomonlarining qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. | Doimiy | Buyurtmachilar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
2. Har bir bitimga koʻra sotilgan koʻmirni Portalga integratsiya qilingan avtotarozi orqali chiqim qilinishi hamda tegishli hisobotlarda aks ettirilishini taʼminlash. | Doimiy | “Oʻzbekkoʻmir” AJ, koʻmir qazib chiqaruvchi tashkilotlar | ||
3. Yetkazib berilgan va qabul qilib olingan koʻmir haqidagi maʼlumotlarni quyidagi tartibda tasdiqlash: budjet tashkilotlari Portalda yaratilgan shaxsiy kabineti orqali; aholiga (jismoniy shaxslarga) yuborilgan SMS-xabardagi raqamli havola orqali. Bunda isteʼmolchilarga buyurtma ijrosi toʻgʻrisida Portalda shikoyat va takliflar qoldirish imkoniyatini taqdim etish. | Doimiy | Buyurtmachilar, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
4. Isteʼmolchilarning shikoyat va takliflari asosida tadbirkorlar reytingini yuritish hamda reyting natijalariga koʻra keyingi savdolarga ruxsat berish tartibini joriy etish. | Doimiy | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Tovar-xomashyo birjalari | ||
5. Tadbirkorlarning koʻmir narxini sunʼiy oshirmasligi maqsadida: koʻmirning bozorda monopol yuqori va monopol past narxi qoʻllanishini nazorat qilish; aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni yetkazib berish uchun masʼul boʻlgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olgan mahalliy koʻmir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha xarajatlar) qoʻllamaslik boʻyicha yoʻriqnoma qabul qilish va uning ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatish. | Doimiy | Raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | ||
6. Tadbirkorlar koʻmir chiqimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga kiritmaslik holati aniqlanganda: tadbirkor bilan tuzilgan amaldagi bitimni bekor qilish; Birja savdolarida ishtirok etish huquqini bekor qilish. | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | ||
7. Tadbirkorlar tomonidan koʻmir aholi va budjet tashkilotlariga sifatli va manzilli yetkazib berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. | Har yili kuz-qish mavsumi davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | ||
8. 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida, istisno tariqasida, “Koʻmir taʼminot” MCHJ tomonidan budjet tashkilotlariga koʻmirni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish. Bunda: “Koʻmir taʼminot” MCHJ hamda budjet tashkilotlari oʻrtasida imzolangan shartnomalarga qoʻshimcha kelishuvlarni imzolash; koʻmir narxini birja savdolaridagi boshlangʻich narx, temir yoʻlda tashish xarajatlari, saqlash va boshqa xarajatlarni inobatga olgan holda belgilashni nazarda tutish. | 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida | “Oʻzbekkoʻmir” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
9. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aholi va budjet tashkilotlariga koʻmirni manzilli yetkazib berish masalalarida amaliy yordam koʻrsatib borish. | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari | ||
6. | Ijtimoiy reyestr (keyingi oʻrinlarda — reyestr)ga kiritilgan shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning Portal va uning mobil ilovasi orqali koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratib borish. | 1. Kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026 — 2028-yillarda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zarur mablagʻlarni ajratish. 2. Reyestrga kiritilgan, shuningdek reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarning koʻmir sotib olgani Portalda tasdiqlangandan soʻng ushbu oilalar ijtimoiy kartasiga moddiy yordam pullarini koʻchirib berish. Bunda moddiy yordam pullari ajratilgandan soʻng ortgan mablagʻlarni respublika budjetiga qaytarish. | 2026 — 2028-yillar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
Aholi va budjet tashkilotlariga import koʻmirni yetkazib berish | ||||
7. | Aholi va budjet tashkilotlarining import koʻmirga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish. | 1. Aholi va budjet tashkilotlarining import koʻmirga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish ishlarini tashkil etish. | Doimiy | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Energetika vazirligi |
2. Import koʻmirga boʻlgan talab hamda import koʻmirni aholi va budjet tashkilotlariga yetkazib berish tadbirlari toʻgʻrisidagi monitoring maʼlumotlarini Portalda aks ettirib borish. | Doimiy | |||
8. | Respublikaga import qilingan koʻmirning yagona maʼlumotlar bazasini yaratish. | 1. Portalni Bojxona qoʻmitasi axborot tizimiga integratsiya qilish hamda import qilingan koʻmir hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish. Bunda maʼlumotlarni tadbirkorlar va hududlar kesimida davriy (kunlik, oylik va yillik, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan) jadval va infografikalar shaklida yuritish. | Doimiy | Bojxona qoʻmitasi, Energetika vazirligi |
2. Import qilingan koʻmirning narxlari hamda savdo nuqtalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni tadbirkorlar bilan kelishilgan holda joylashtirish. | Doimiy | Energetika vazirligi | ||
9. | Tadbirkorlar tomonidan qoʻshni respublikalardan aholi va budjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun import qilinadigan koʻmirni Portal orqali sotishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Qoʻshni respublikalardan koʻmir importi bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish va Portalda ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtishini tashkil etish. 2. Tadbirkorlarga sotilgan import koʻmir hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga ixtiyoriy ravishda kiritish imkoniyatini taqdim etish hamda bu toʻgʻrisida ularni xabardor qilish. | Doimiy | Energetika vazirligi |
3. Xalqaro qatnovlarda umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida import koʻmirni tashish tariflariga chegirmalarni aholi va budjet tashkilotlariga sotilgan koʻmir hajmlarini Portalga kiritib borilayotgan koʻmir hajmlaridan kelib chiqib qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2026-yil sentabr | Energetika vazirligi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | ||
Raqamlashtirish chora-tadbirlari | ||||
10. | Platformani boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilish. | 1. Portalni quyidagi elektron tizimlar bilan integratsiya qilish: kontragentlar bilan hisob-fakturalar (faktura.uz, soliq servis va boshqalar); xarid operatorlari (uzex.uz); korxonaning elektr energiyasi sarfi (Energonazorat va boshqalar); Ijtimoiy reyestr; suyultirilgan gaz taʼminoti bilan taʼminlangan aholi xonadonlari reyestri (“Hududgaztaʼminot” AJ); kontragent va xodimlarning qarindoshligini (manfaatlar toʻqnashuvini) aniqlash (Adliya vazirligi); import qilingan mahsulotlar, shu jumladan, koʻmir va tovar moddiy boyliklar (Bojxona qoʻmitasi); soliq qarzdorligi (Soliq qoʻmitasi); temir yoʻl vagonlari joylashuvi va yuk hajmi (enakl.uz); korxona xodimlarining mehnat faoliyati (my.mehnat.uz); turar va noturar bino-inshootlarining egasi va maydonini aniqlash (my.gov.uz, kadastr); Ichki ishlar vazirligi (YXXB bazasi). 2. Mazkur tizimlar bilan integratsiya qilish va begʻaraz foydalanishga ruxsat berish (mualliflik haqi va abonent toʻlovlari bundan mustasno). | 2026-yil 1-oktabr | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kadastr agentligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Tovar-xomashyo birjalari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
11. | Koʻmirni temir yoʻlda tashish vaqtida talon-toroj boʻlishi oldini olish. | 1. Hududlardagi markaziy temir yoʻl stansiyalarida elektron temir yoʻl tarozilarini oʻrnatish ishlarini yakuniga yetkazish. | 2026-yil avgust | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ |
2. Temir yoʻl tarozilarini Portal bilan integratsiya qilish va har bir tortilgan vagon boʻyicha maʼlumotni aks ettirish. | Doimiy | |||
3. Aniqlangan kamomad boʻyicha elektron dalolatnoma tuzish hamda idoralararo tasdiqlashni yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | |||
Qoʻshimcha chora-tadbirlar | ||||
12. | Koʻmir resurslari va taqsimoti balansini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Koʻmir resurslari va taqsimoti balansi loyihasini ishlab chiqish. 2. Balans loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlash uchun kiritish. | 2027-yildan boshlab har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
13. | Koʻmirning tabiiy kamayishi normasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 1. Koʻmirni qazib chiqarish, yuklash, tushirish, tashish hamda saqlash davomida yoʻqotiladigan tabiiy kamayish normalari toʻgʻrisida idoralararo hujjatni ishlab chiqish. | Ikki oy muddatda | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Ishlab chiqilgan hujjatni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish. | 2026-yil 1-dekabr | |||
14. | Angren shahri avtomobil yoʻllari hamda temir yoʻl stansiyasi oʻtkazuvchanligini oshirish. | Angren koʻmir havzasida tadbirkorlar tomonidan koʻmir qazib chiqariladigan koʻmir hajmi ortishini inobatga olib, transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda: 2028-yildan boshlab “Angren”, “Apartak”, “Nishbosh”, “Naugarzon” koʻmir konlarida koʻmir qazib chiqarish hajmlari 18 mln tonnaga yetkazilishini inobatga olish; koʻmirni avtotransportda tashish uchun avtomobil yoʻllari hamda koʻpriklarni sozlash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va yangisini qurish; temir yoʻl transportida tashishda Angren temir yoʻl stansiyasi vagonlar oʻtkazuvchanligini oshirish, yangi temir yoʻl liniyalarini qurish, yoʻl oʻtkazgichlar va temir yoʻl koʻpriklarini barpo etishni nazarda tutish. | 2026-yil 1-dekabr | Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
15. | Iqtisodiyotning real sektori va boshqa isteʼmolchilarga koʻmirni birja savdolari orqali sotishni tashkil etish. | 1. Birja savdolariga chiqariladigan koʻmir miqdorlari boʻyicha oylik reja-jadval ishlab chiqish. | Doimiy | “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Tovar-xomashyo birjalari |
2. Reja jadvalga asosan koʻmirni birja savdolariga chiqarish. | Reja jadvalga asosan | |||
3. Birja savdolari natijasiga koʻra xarid qilingan koʻmirni ortib yuborish. | Xarid qilish shartnomasi shartlaridagi muddatda | |||
16. | Issiqlik elektr stansiyalari hamda yirik isteʼmolchilarga koʻmirni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomiliga asosan sotish. | 1. Issiqlik elektr stansiyalari va yirik isteʼmolchilarga (oyiga 50 ming tonna va undan ortiq boʻlgan miqdorlarda) koʻmirni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomiliga asosan har hisobot davridagi oʻrtacha birja savdolari narxlarida sotish. | Har oyda | “Oʻzbekkoʻmir” AJ |
2. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi mahalliy koʻmir qazib chiqaruvchi korxonalarning (“Shargʻunkoʻmir” AJ, xususiy tadbirkorlar) qazib chiqariladigan koʻmirini respublika hududlariga temir yoʻlda tashish xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan tezkor choralar koʻrish. | 2026-yil avgust | Transport vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | ||
17. | Davlat-xususiy sheriklik shartlarida “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi har bir viloyatdagi kamida 1 ta omborni modernizatsiya (yoki rekonstruksiya) qilish taklifini ishlab chiqish. | 1. “Koʻmir taʼminot” MCHJ balansidagi koʻchmas mulklarni xatlovdan oʻtkazish. | Uch oy muddatda | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ |
2. Barcha infratuzilma va maydonga ega boʻlgan koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish omborini davlat-xususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (yoki rekonstruksiya) qilish taklifini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: a) omborlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazish; b) tender (tanlov) natijalariga koʻra gʻolibni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli bitimni imzolash. Bunda: koʻmirni qabul qilish, saqlash va yetkazib berish omborlarini raqamli texnologiyalar bilan jihozlash; omborlar faoliyatini real vaqt rejimida hamda masofadan turib kuzatish hamda maʼlumotlarni Portalda aks ettirish; v) omborlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish hamda samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlab borish; g) omborlarni keyinchalik ustuvor ravishda davlat-xususiy sheriklik shartlarida ishtirok etgan tadbirkorga sotish. 3. Ishlab chiqilgan takliflarni manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil 1-dekabr | |||
18. | Koʻmirni yoz faslida xarid qilgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 1. Kuz-qish mavsumida aholi va budjet tashkilotlariga koʻmir yetkazib berish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlar yoz faslida (may-avgust) birja savdolarida xarid qilinishini ragʻbatlantirish uchun taklif ishlab chiqish. Bunda: a) birja savdolarida xarid qilingan koʻmir uchun tadbirkor toʻlovni 100 foiz oldindan toʻlaganda koʻmir narxiga 10 foiz chegirma qoʻllashni; b) birja savdolarida xarid qilib olingan koʻmir uchun toʻlovlarni ikki oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutish. 2. Ragʻbatlantirish mexanizmlarini amaliyotda joriy etish masalasi yuzasidan boshqaruv organining tegishli qarorini belgilangan tartibda qabul qilish. | 2027-yil 1-aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, koʻmir qazib chiqaruvchilar, Tovar-xomashyo birjalari |