1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini sotish tartibini yanada soddalashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini sotish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oʻziga tegishli umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda — avtomototransport vositalari) Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilariga yopiq auksionlar (keyingi oʻrinlarda — yopiq auksion) oʻtkazish orqali sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
yopiq auksion oʻtkazish boʻyicha savdolar tashkilotchisi Mudofaa vazirligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
yopiq auksion Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq oʻtkaziladi;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.04.00 Raqamli platformalar]
uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish boʻyicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasining ommaviy savdolariga chiqariladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
yopiq auksionni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda yopiq auksionni oʻtkazish tartibini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek, ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-avgust,
519-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi 519-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek, ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
QOʻSHIMCHA
5-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalari qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 8-bandi talablarini hisobga olgan holda, Mudofaa vazirligi tomonidan tashkillashtiriladigan yopiq auksion savdolari orqali sotiladi. Bunda uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish boʻyicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasining ommaviy savdolariga chiqariladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/519/0795-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)