1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 166-bandida:
hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari hisobidan 50,0 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi;
yoshlar uchun eʼlon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablarining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi;
2021-yildan boshlab iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Akademik harakatchanlik” dasturi va “Boʻlajak olim” tanlovi tashkil qilinishi;
stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirilishi;
iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalari tashkil etilishi;
yoshlarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalardagi zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida tanlovlarni tashkil qilish muddati va tartibi, loyihalarga qoʻyilgan talablar, loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh faoliyatini tashkil etish, loyihalarni koʻrib chiqish, tanlab olish va amalga oshirish, shuningdek, ularni moliyalashtirish va monitoringini yuritish tartibini nazarda tutuvchi “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish, tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish, loyihalarni moliyalashtirish va monitoring qilish tartibini nazarda tutuvchi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, tanlovni oʻtkazish uchun maxsus ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, tanlov gʻoliblarini stajirovkaga yuborish, stajirovkalarni moliyalashtirish, uning yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublika hududidagi oliy taʼlim, ilmiy va innovatsion infratuzilmaga ega tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalari va laboratoriyalarga qisqa muddatli stajirovkalarni amalga oshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ga ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida tegishli shartnomaga asosan moliyalashtiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Agentlik 2021-yildan boshlab “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 50 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
iqtidorli yoshlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarini moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarining prognoz parametrlarida nazarda tutiladi;
Agentlik tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalariga muvofiq gʻoliblarga taqsimotga asosan ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalarning zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalanish huquqi beriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qabul kvotasi, qoida tariqasida, tegishli oʻquv yili uchun tasdiqlangan oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish umumiy parametrlarining 30 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
31. Belgilansinki, “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida tanlovni eʼlon qilish, talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, arizalar va hujjatlarni qabul qilish, texnik, ilmiy hamda moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish, baholash, qarorlar va bayonnomalarni rasmiylashtirish, natijalarni eʼlon qilish, shartnomalar tuzish, moliyalashtirish va loyihalar ijrosini monitoring qilish jarayonlari Yagona platforma orqali amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2021-yildan boshlab har yili kamida bir marotaba respublikadagi ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Boʻlajak olim” va “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tanlovlarni tashkil etsin;
iqtidorli yoshlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka oʻtashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuborishni tashkil etsin;
tashkil etiladigan tanlovlar gʻoliblari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni bajarish jarayoni, kalendar ish rejasi amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish choralarini koʻrsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-aprel,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 1-ILOVA
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan ularga vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini berish boʻyicha “Akademik harakatchanlik” dasturini (keyingi oʻrinlarda — “Akademik harakatchanlik” dasturi) shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Akademik harakatchanlik” dasturi — yosh olimlarning oʻz ish yoki oʻqish joyidan ajralmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish, shuningdek, ilmiy almashinuvni nazarda tutuvchi dastur;
yosh olim — ilmiy va innovatsion faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan shaxslarga beriladigan shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega, ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
ishchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuziladigan “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida tanlovlarni oʻtkazish, nomzodlar toʻgʻrisida xulosa olish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etuvchi guruh;
maxsus axborot tizimi — “Akademik harakatchanlik” dasturi boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida loyihalarni saralash, baholash va suhbat jarayonlari oʻtkazilishini taʼminlaydigan “Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizim”;
yuboruvchi tashkilot — nomzodning asosiy ish joyi boʻlgan va Reyestrga kiritilgan yuridik shaxs;
qabul qiluvchi tashkilot — noyob ilmiy obyektlari, ilmiy asbob-uskunalar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolariga ega boʻlgan, ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi tashkilotlarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr)ga kiritilgan yuridik shaxs.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2-bob. Tanlov tashkil etish tartibi
3. “Akademik harakatchanlik” dasturini bir oydan kam (15 kalendar kundan kam boʻlmagan) boʻlgan muddatda amalga oshirishga ishchi guruhning ijobiy xulosasi asosida ruxsat beriladi.
4. Agentlik “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida respublikadagi yosh olimlar oʻrtasida har yili kamida bir marotaba tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
5. “Akademik harakatchanlik” dasturi olti oygacha boʻlgan davr mobaynida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
6. Agentlik tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin oʻz rasmiy veb-saytida tanlov toʻgʻrisida eʼlon beradi. Unda arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va topshirish tartibi, muddati va talablari koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
7. Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun loyihalarni maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
8. Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:
ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi va dolzarbligi;
ilmiy-tadqiqot ishining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar;
nashr etgan ilmiy ishlari roʻyxati (mavjud boʻlsa);
qabul qiluvchi tashkilot tomonidan loyihaning tashkilotda amalga oshirilishiga maxsus axborot tizimi orqali tasdiqlangan roziligi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zarurati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar.
9. Nomzodlarning loyihalari ular faoliyat yuritayotgan muassasalarning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
12. Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
13. Loyihalarni shakllantirish va ularni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqish hamda tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Ishchi guruh faoliyatini tashkil etish tartibi
14. Agentlik tomonidan har yili tanlovlar oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin loyihalarni koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
15. Ishchi guruh oʻz yoʻnalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan yuqori malakali (turli vazirlik, idoralar, ilmiy va ilmiy tadqiqot muassasalaridan ham kelishuv asosida jalb etilishi mumkin) kamida 7 nafar toq sonli aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi. Ishchi guruhga raislik qilish vazifasi Agentlik direktori oʻrinbosariga yuklatiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Bunda ishchi guruh raisi, zarur hollarda, tor ixtisoslashuvdagi qoʻshimcha mutaxassislarni (shu jumladan, ishlab chiqarish tashkilotlari mutaxassislarini) loyihalarni koʻrib chiqish jarayoniga jalb qilishi mumkin.
16. Ishchi guruh yigʻilishi, unda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, ishchi guruhning yigʻilishi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Ishchi guruhning aʼzolari oʻz yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
17. Ishchi guruh yigʻilishida qabul qilingan qaror yigʻilish bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma ishchi guruh aʼzolari orasidan tanlab olingan kotib tomonidan imzolanadi hamda yigʻilishga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
18. Bayonnoma asosida gʻolib va rad etilgan nomzodlar boʻyicha natijalar Agentlik veb-saytida joylashtiriladi hamda Agentlik direktorining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng gʻolib nomzodlarning loyihalari amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
4-bob. Loyihalarni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi
19. Tanlov doirasida loyihalar qabul qilinishi yakunlangandan soʻng 20 kun muddat ichida ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi va tanlab olinadi.
Bunda maxsus axborot tizimi orqali loyihalarning avval bajarilganligi, belgilangan talablar hamda mezonlarga muvofiqligini aniqlash sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
20. Ishchi guruh tomonidan nomzodlarning loyihalari maxsus axborot tizimi orqali loyihalar himoyasi (suhbat koʻrinishida) oʻtkazilib, natijalari ishchi guruhning yigʻilishida koʻrib chiqiladi va yakuniy xulosaga kelinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
21. Loyiha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
loyiha mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi — 15 ballgacha;
loyiha mavzusining yangiligi va dolzarbligi — 15 ballgacha;
noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻtkaziladigan tajribalardan kutilayotgan natijalarning ilmiy samaradorligi — 15 ballgacha;
nomzod tomonidan taqdim etilgan Loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasining puxta ishlab chiqilganligi — 25 ballgacha;
Loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlarning asoslanganligi — 15 ballgacha;
nomzodning ilmiy darajasi — 15 ballgacha (fan doktoriga 15 ball, falsafa doktoriga 10 ball va izlanuvchiga 5 ball).
22. Tanlov natijalariga koʻra 50 balldan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar orasidan loyihalar toʻplangan ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlov shartlarida belgilangan kvota doirasida shakllantiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
23. Tanlov gʻoliblariga maxsus axborot tizimi orqali sertifikat beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
5-bob. Gʻoliblar tomonidan loyihalarni amalga oshirish tartibi
24. Agentlik tanlov natijalariga muvofiq gʻoliblarga kelishuvga asosan qabul qiluvchi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda loyihaning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
25. Agentlik loyihaning amalga oshirish kalendar rejasining qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan holda maxsus axborot tizimi orqali tasdiqlanishini taʼminlaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
26. Gʻolib yosh olim tomonidan loyihani amalga oshirish jarayonida qabul qiluvchi tashkilotga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
loyihani amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
ushbu jarayonga ilmiy rahbar (maslahatchi) tayinlash;
noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarining ilmiy asbob-uskunalaridan foydalanish uchun mutaxassis biriktirish;
loyiha doirasida dala yoki sanoat tajribalarini oʻtkazishga koʻmaklashish;
mavjud axborot-resurs bazalari, kutubxonalar va ilmiy fonddan foydalanish imkoniyatini yaratish;
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish va hisobotlar tayyorlashda koʻmaklashish;
tegishli kafedralarda (boʻlimlarda) loyihaning olib borilishi yuzasidan ilmiy xodim hisobotlarni koʻrib chiqish va zarur yoʻllanmalar berib borish.
27. Qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tayinlangan ilmiy rahbar (maslahatchi)ning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
gʻolib yosh olim bilan birgalikda loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasini ishlab chiqish va uning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
gʻolib yosh olimga ilmiy-tadqiqot ishini olib borishi uchun zarur boʻlgan maslahatlar berib borish;
loyihani amalga oshirish jarayonlari qayd etilgan jurnalni tasdiqlab borish.
28. Gʻolib yosh olimning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat tartibi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
qabul qiluvchi tashkilotning moddiy-texnika bazasidan oqilona va samarali foydalanish;
loyihani amalga oshirish jarayonlarini qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan va muhrlangan jurnalda qayd etib borish;
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida kamida bitta ilmiy maqolani nufuzli xorijiy (imkon qadar impakt faktorga ega boʻlgan) jurnallarda chop etish;
ilmiy rahbar (maslahatchi)ning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish va kafedra (boʻlim) yigʻilishlarida bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berib borish.
6-bob. Loyihalarni moliyalashtirish va uning monitoringi
29. Gʻolib yosh olimlarning “Akademik harakatchanligi” dasturi doirasida loyihani bajarish boʻyicha xarajatlarini qoplash ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan ishchi guruh xulosasiga muvofiq Agentlik direktorining buyrugʻi hamda Agentlik, yuboruvchi tashkilot va qabul qiluvchi tashkilot, yosh olim oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnoma boʻyicha moliyalashtirish amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
30. Loyiha xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
xizmat safarlari xarajatlari (transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari);
noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolari moddiy-texnika bazasidan foydalanish xarajatlari (kommunal toʻlovlar, kimyoviy reaktivlardan foydalanish xarajatlari va boshqalar). Bunda tashkiliy uskunalarni sotib olish (kompyuter, printer va boshqalar) hisobga olinmaydi;
qoʻshimcha xarajatlar (asoslantirilgan holda umumiy mablagʻning 15 foizidan koʻp boʻlmagan holda);
ilmiy rahbar (maslahatchi)ga har oyda toʻlanadigan ish haqi toʻlovlari (katta ilmiy xodim ish haqining 0,5 baravarigacha).
Talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi lozim.
31. Ushbu Nizomning 30-bandida koʻzda tutilgan xarajatlar Agentlikka ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda, yuboruvchi tashkilotga tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlgan yosh olimning “Akademik harakatchanlik” dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida moliyalashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
32. Gʻolib yosh olim faoliyat yuritayotgan muassasaga “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida ajratilgan va moliya yili davomida foydalanilmay qolgan qoldiqlari yil oxirida budjetga qaytariladi.
33. Gʻolib yosh olimning asosiy ish joyidagi lavozimi va oylik ish haqi loyihani bajarish davomida saqlanib qolinadi.
34. “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida bajariladigan loyihalarni muvofiqlashtirish, kalendar ish rejasining bajarilishini monitoring qilish gʻolib yosh olim faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ilm-fan va innovatsiyaga masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosari tomonidan olib boriladi.
35. Loyihaning amalga oshirilishi monitoring natijalariga koʻra yuboruvchi yoki qabul qiluvchi tashkilotlar tashabbusi bilan loyihani moliyalashtirish quyidagi hollarda Agentlik tomonidan toʻxtatilishi mumkin:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
gʻolib yosh olim tomonidan loyiha umuman yoki tegishli darajada (rejadan ortda qolish, rejaning bir nechta bandlari) bajarilmayotgan boʻlsa;
ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida natijaga erishish mumkin emasligi maʼlum boʻlsa;
qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib-qoidalarini ikki va undan ortiq marta qoʻpol tarzda buzish holatlari kuzatilsa;
gʻolib yosh olimga bogʻliq boʻlmagan holda tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi maʼlum boʻlsa.
36. Loyiha bajarilishi yakunlanganidan soʻng qabul qiluvchi tashkilot va gʻolib yosh olim oʻrtasida loyihani amalga oshirish xarajatlari koʻrsatilgan holda bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Gʻolib yosh olim tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning kalendar rejasida belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni maxsus axborot tizimida qayd etadi va ushbu maʼlumotlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
37. Gʻolib yosh olim “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida amalga oshirilgan loyiha natijalari hisobotini yuboruvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ilmiy, ilmiy-texnik kengashda muhokama qilingani haqidagi yigʻilish bayonnomasi koʻchirmasi, bajarilgan ishlar boʻyicha qabul qiluvchi tashkilot, yosh olim bilan tuzilgan dalolatnoma, ajratilgan mablagʻlarning sarflanganligi boʻyicha hisobot Agentlikka maxsus axborot tizim orqali taqdim etadi.
Gʻolib yosh olim yakuniy hisobotni loyiha yakunlangandan soʻng oʻn besh ish kunida maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
Taqdim etilgan hisobotlar Agentlik tomonidan oʻrganib chiqilib, hisobot boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, gʻolib yosh olim besh ish kuni muddatda hisobotga tegishli tuzatishlar kiritgandan soʻng maxsus axborot tizimi orqali hisobotni qayta yuboradi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
371. Loyiha boʻyicha hisobotni belgilangan muddatda taqdim etmagan yoki hisobot qoniqarsiz deb topilgan holatlarda:
yuboruvchi tashkilotga — “Akademik harakatchanlik” dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovlarda bir yil muddat davomida nomzodlarni tavsiya qilish cheklanadi;
yosh olimga — “Akademik harakatchanlik” dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan keyingi tanlovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Ilgari “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida gʻolib boʻlgan yosh olimlarning keyingi tanlovlarga aynan shu loyiha bilan ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzod natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun ichida Agentlikka apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.
Ishchi guruh bir hafta muddatda kiritilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va Agentlik belgilagan muddatda talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tashkil etiladigan tanlov uchun ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni shakllantirish va ularni ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqish hamda tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
(Agentlik)
Rasmiy veb-saytlar, maxsus axborot tizimida tanlov boʻyicha eʼlon beradi.
Tanlov boshlanishidan bir oy oldin
2-bosqich
Agentlik
Tanlov uchun topshirilgan loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha Agentlik tomonidan ishchi guruh tuzadi.
Tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin
3-bosqich
Nomzod
Maxsus axborot tizimi orqali ariza topshiradi va hujjatlarni taqdim etadi.
Tanlov eʼlon qilingan sanadan boshlab
4-bosqich
Ishchi guruh
Maxsus axborot tizimi orqali taqdim etilgan arizalarning tanlov shartlariga mosligini koʻrib chiqadi. Tanlov natijalariga koʻra yakuniy xulosaga keladi.
Loyihalar qabul qilish yakunlangandan soʻng 20 kun ichida
5-bosqich
Agentlik
Gʻolib nomzodlarning loyihalarini amalga oshirishlari uchun Agentlik direktorining buyrugʻini qabul qiladi.
Ishchi guruh xulosasi yakunlangandan soʻng 15 ish kuni ichida
6-bosqich
Agentlik
Tanlovning natijalarini Agentlikning rasmiy veb-sayti hamda maxsus axborot tizimida eʼlon qiladi.
Tanlov yakunlariga koʻra
7-bosqich
Nomzod
Loyiha yakunlanganidan soʻng, amalga oshirgan faoliyati hamda ajratilgan mablagʻlarning sarflanganligi boʻyicha hisobotni Agentlikka maxsus axborot tizimi orqali taqdim etadi.
Loyiha yakunlangan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida
8-bosqich
Agentlik
Nomzodning hisobotini koʻrib chiqadi.
15 ish kuni ichida
Nomzod
Maxsus axborot tizimi orqali hisobotdagi kamchiliklarni tuzatadi.
5 ish kuni ichida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
“Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM VA ILM-FAN VAZIRLIGI HUZURIDAGI INNOVATSION RIVOJLANISH AGENTLIGI Oʻzbekiston Respublikasidagi noyob ilmiy obyektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan foydalanish uchun SERTIFIKAT № ___________
20__ yil “___” _________ gacha amal qiladi
Ushbu sertifikat “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasidagi noyob ilmiy obyektlari, ilmiy asbob-uskunalar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolaridan foydalanish huquqini beradi
___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ (Tanlov gʻolibi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nomi) Tanlov gʻolibi F.I.O._____________________________________________________________
_____________________________ rahbar/u vakolat bergan shaxs
___________ imzo
____________________________ F.I.O.
M.Oʻ.
20__ yil “___” ____________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 2-ILOVA
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Boʻlajak olim” tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish, yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish hamda ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish, monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur tanlovni oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) masʼul hisoblanadi.
Tanlov doirasida arizalarni qabul qilish, texnik, moliyaviy va ilmiy ekspertizalar, shuningdek, monitoring qilish Agentlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:.
“Boʻlajak olim” tanlovi — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirishga hamda ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan tanlov;
Tanlov komissiyasi — tanlov doirasida kelib tushadigan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalar uchun alohida tuziladigan, tanlovlarni oʻtkazish, gʻoliblar toʻgʻrisida xulosa olish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtiradigan Agentlikda tashkil etiladigan komissiya;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
yosh olim — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanayotgan ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyidan qatʼi nazar, 20 yoshdan oshgan, biroq 40 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
ilmiy gʻoya — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri boʻlib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boʻladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha;
ilmiy loyiha — aniq maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni qoʻllashga yoʻnaltirilgan amaliy tadqiqotlar va/yoki innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan innovatsion tadqiqotlar;
startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;
ilmiy ekspertiza — ilmiy loyihalar boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni oʻrganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
texnik ekspertiza — taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalarning ushbu Nizom talablarga muvofiqligi, shuningdek, ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalar hujjatlariga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
talabgor — ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihani ishlab chiqqan iqtidorli yosh olim va/yoki uning jamoasi;
Kollegial organ — Taʼlim va ilm-fan vazirligining Ilm-fan va innovatsiyalar kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kollegial organ);
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Startaplar boʻyicha yagona platforma (keyingi oʻrinlarda — Yagona platforma) — tanlovlarni eʼlon qilish, talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, arizalar va hujjatlarni qabul qilish, texnik, ilmiy hamda moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish, baholash, qarorlar va bayonnomalarni rasmiylashtirish, natijalarni eʼlon qilish, shartnomalar tuzish, moliyalashtirish va loyihalar ijrosini monitoring qilish jarayonlarini elektron shaklda amalga oshirishga moʻljallangan axborot tizimi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
4. Tanlov har yili kamida bir marotaba Yagona platforma orqali tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2-bob. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish tartibi
1-§. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni shakllantirishga qoʻyiladigan umumiy talablar
5. Tanlovga iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish hamda ularning ilmiy ijodiy gʻoyalari, intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalar Yagona platforma orqali qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
6. Agentlik tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin Yagona platformada va oʻzining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi boʻyicha eʼlon joylashtiradi. Eʼlonda arizalarni shakllantirish, roʻyxatdan oʻtkazish va taqdim etish tartibi, qabul qilish muddatlari, talablar, baholash mezonlari va tanlovning boshqa shartlari koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
7. Bir kalendar yili davomida eʼlon qilingan tanlov doirasida gʻolib deb topilgan talabgorlar shu davr ichida navbatdagi tanlovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Tanlov doirasida ilmiy gʻoyalar asosida maket va (yoki) prototip yaratishning hamda ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi mumkin.
81. Tanlovga oid barcha maʼlumotlar va hujjatlar Yagona platformada shakllantiriladi, taqdim etiladi, koʻrib chiqiladi va saqlanadi. Yagona platformadan tashqarida taqdim etilgan ariza va hujjatlar Tanlov doirasida koʻrib chiqilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan texnik uzilish holatlari bundan mustasno.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2-§. Tanlov komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
10. Tanlov doirasida kelib tushadigan ilmiy gʻoyalar, ilmiy va startap loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha Tanlov komissiyasi tarkibi xar yil yanvar oyida Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
11. Tanlov komissiyasi oʻz yoʻnalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan yuqori malakali (turli vazirlik, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy muassasalar, xususiy sektor vakillaridan ham kelishuv asosida jalb etilishi mumkin) kamida 7 nafar toq sonli aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi. Tanlov komissiyasiga raislik qilish vazifasi Agentlik direktori oʻrinbosari darajasidagi rahbarga yuklatiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Bunda Tanlov komissiyasi raisi, zarur hollarda tor ixtisoslashuvdagi mutaxassislarni (shu jumladan, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlar mutaxassislarini) qoʻshimcha ravishda ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni koʻrib chiqish jarayoniga jalb qilishi mumkin.
12. Tanlov komissiyasi majlisi, unda Tanlov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Yagona platforma orqali elektron shaklda tuziladigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Tanlov komissiyasi majlislari ochiq muhokama shaklida tashkil etiladi.
13. Tanlov komissiyasining xar bir aʼzosiga yil yakuni boʻyicha erishilgan natijalarga muvofiq tanlovni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli (barcha soliq va majburiy toʻlovlar ushlab qolingan holda) beriladi.
Mukofot pulini berish (tayinlash) Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
3-§. Ilmiy gʻoyalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi
14. Iqtidorli yoshlarning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalari tanlov eʼlon qilingandan soʻng, Yagona platforma orqali taqdim etilganda koʻrib chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
15. Ilmiy gʻoyalar boʻyicha arizalar Agentlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va shakllarga muvofiq Yagona platforma orqali taqdim etiladi hamda kamida ikki oy muddatda ikki bosqichda quyidagi tartibda talabgorlarning saralash tanlovlarini oʻtkazadi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
1-bosqichda kiritilgan ilmiy gʻoyalar ushbu Nizomning 14-bandiga mos ravishda toʻliq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligi Markaz tomonidan Yagona platforma orqali koʻrib chiqiladi. Markaz zarur holatlarda, taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar, taqdimotlar talab etishi va ilmiy gʻoyalarni oʻrganishda tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
tanlov doirasida talabgor tomonidan taqdimot qilingan ilmiy gʻoyalarda kamchilik mavjud boʻlgan taqdirda, talabgorga takomillashtirish uchun qaytariladi. Talabgor ilmiy gʻoyani bir oy muddat ichida takomillashtirilgan holda Yagona platforma orqali qayta taqdim etadi. Bir oydan kech taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar qabul qilinmaydi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
1-bosqich natijalari boʻyicha tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan talabgorlar toʻgʻrisida yigʻma roʻyxat Yagona platformada shakllantiriladi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2-bosqichda talabgorlar oʻz ilmiy gʻoyalarini Tanlov komissiyasi oldida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazadilar. 2-bosqich tanlovlar davrida taqdimot himoyasida uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan talabgorlarning ilmiy gʻoyasi Tanlov komissiyasining qaroriga asosan rad etilishi mumkin.
Taqdimot himoyasida talabgorlar ilmiy gʻoyani qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etiladi.
Bunda Tanlov komissiyasi taqdimot natijalariga asosan yakuniy xulosa tayyorlashda quyidagi baholash mezonlariga amal qiladi:
ilmiy gʻoyani jamiyat va iqtisodiyotdagi maʼlum bir muammoning yechimiga qaratilganligi — 30 ballgacha;
ilmiy gʻoyaning amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlarning aniq va asoslangan hisob-kitob qilinganligi — 30 ballgacha;
ilmiy gʻoyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilganligi — 40 ballgacha.
16. Talabgorlarni taqdimot himoyasi natijalari va har bir mezon asosida baholash hamda gʻolib deb topish Yagona platforma orqali amalga oshirilib, Tanlov komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda kamida 50 ball toʻplagan ilmiy gʻoyalar Tanlov komissiyasi qarori bilan gʻolib deb topilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
17. Ilmiy gʻoyalarni koʻrib chiqish va tanlab olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4-§. Ilmiy loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish tartibi
18. Tanlov doirasida eʼlon qilinadigan ilmiy loyiha mavzulari Agentlik tomonidan Yagona platforma orqali kelib tushgan davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot (texnologiyalar)ga boʻlgan ehtiyojlari asosida shakllantiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
19. Shakllantirilgan ilmiy loyiha mavzulari Tanlov komissiyasi tomonidan Yagona platforma orqali koʻrib chiqilganidan soʻng belgilangan tartibda Agentlik tomonidan Yagona platformada va rasmiy veb-saytda eʼlon qilinadi.
Eʼlon qilingan ilmiy mavzular asosida talabgorlar tomonidan kiritilgan ilmiy loyihalar Markaz tomonidan Yagona platforma orqali qabul qilinadi va texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Agentlik tanlov doirasida yosh olimlarning Yagona platforma orqali taqdim etilgan takliflariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot yoki texnologiyalarga boʻlgan ehtiyojlari boʻyicha mavzu eʼlon qilinmagan yoʻnalishlarda tashabbuskor ilmiy loyihalarni qabul qilishi mumkin.
Tashabbuskor ilmiy loyihalar boʻyicha arizalar Agentlik tomonidan belgilangan talablar, muddatlar, tashabbuskor loyihalarning yoʻnalishlari va shakllarga muvofiq Yagona platforma orqali taqdim etiladi. Bunda ilmiy loyihalarni amalga oshirish mexanizmi, muddatlari va kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan boʻlishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
20. Tanlov doirasida eʼlon qilinadigan ilmiy loyiha mavzulari va tashabbuskor ilmiy loyihalar boʻyicha arizalar Agentlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va shakllarga muvofiq Yagona platforma orqali qabul qilinadi va saralanadi.
Markaz tomonidan shakllantiriladigan va muvofiqlashtiriladigan tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar jamoasi texnik ekspertizadan oʻtgan ilmiy loyihalarni Yagona platforma orqali baholaydi, ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi va xulosalarni Yagona platformaga kiritadi.
Tanlovga hujjatlar topshirish muddatining oxirgi sanasigacha tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan kamida bitta ilmiy loyiha arizasi kelib tushgan boʻlsa, tanlov haqiqiy deb hisoblanadi.
Texnik va ilmiy ekspertizada ijobiy baholangan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalarining yakuniy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror Kollegial organ tomonidan qabul qilinib, Yagona platforma orqali rasmiylashtiriladi.
Agar tanlovda eʼlon qilingan mavzu boʻyicha hech kim qatnashmagan boʻlsa, u holda tanlov boʻlmagan deb hisoblanadi. Bu holda Agentlik ushbu loyiha boʻyicha bir xil shartlar va talablar asosida Yagona platformada qayta tanlov eʼlon qiladi.
Agar loyihalarning texnik ekspertizasi natijalariga koʻra, Agentlik barcha loyihalarni rad etsa, tanlov boʻlmagan deb topiladi va qayta tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlov hujjatlari shartlarini oʻzgartirmasdan qayta tanlovda arizalarni qabul qilish muddati kamida oʻn ish kuni etib belgilanadi. Muqobil ariza kelib tushmagan taqdirda, hujjatlar Yagona platforma orqali Kollegial organga kiritiladi. Kollegial organ mazkur mavzu boʻyicha qayta tanlov eʼlon qilish yoki eʼlon qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Bitta ilmiy loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravaridan oshmasligi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
21. Ilmiy loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5-§. Startap loyihalarni shakllantirish va ularni koʻrib chiqib, tanlab olish tartibi
22. Startap loyihalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish Tanlov eʼlon qilingandan soʻng, talabgorlarning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan startap loyihalari asosida amalga oshiriladi.
Startap loyihalar boʻyicha takliflar Tanlov eʼlon qilinganidan soʻng talabgorlarning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan startap loyihalari asosida koʻrib chiqiladi. Tanlov doirasida talabgorlar tomonidan tayyorlangan startap loyihalari Markaz tomonidan Yagona platforma orqali taqdim etiladi va qabul qilinadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
23. Startap loyihalar boʻyicha arizalar Agentlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va shakllarga muvofiq Yagona platforma orqali qabul qilinadi va saralanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
1-bosqich taqdim etilgan arizalarning tanlov shartlariga mosligi, hayotga tatbiq etish darajasi va natijadorligi yuzasidan Tanlov komissiyasi majlislarida startap loyiha taqdimoti bilan ishtirok etadi.
Taqdimot va baholash natijalari Yagona platformada qayd etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
24. Tanlov komissiyasi majlislarida startap loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
startap loyihaning innovatsionligi — avval qoʻllanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish tamoyillari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qoʻllanilish darajasi — 20 ballgacha;
startap loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qoʻshimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklar yigʻindisi — 20 ballgacha;
startap loyihani amalga oshirish samaradorligi — 20 ballgacha;
startap loyihaning resurs bilan taʼminlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi va boshqalar) — 10 ballgacha;
startap loyiha uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, eksportga yoʻnaltirilgan yoki import oʻrnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari — 30 ballgacha.
Tanlov komissiyasining har bir mezon boʻyicha qoʻygan ballari va izohlari Yagona platformaga kiritiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
25. Tanlov komissiyasining startap loyihalarni koʻrib chiqish boʻyicha majlisi natijalari boʻyicha kamida 50 ball toʻplagan startap loyihalar 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi hamda Markaz tomonidan 2-bosqich — moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Moliyaviy ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtgan startap loyihalar Agentlik tomonidan Kollegial organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Kollegial organ startap loyiha toʻgʻri va xolis ekspertizadan oʻtkazilganligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazish tartibi Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
26. Kollegial organ tomonidan startap loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va qaror Yagona platformada rasmiylashtiriladi hamda taʼlim va ilm-fan vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
27. Bir talabgorga startap loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablagʻlarning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan oshmasligi lozim.
Startap loyihani amalga oshirish maqsadida 20 foizdan kam boʻlmagan miqdorda pul yoki moddiy qiymat koʻrinishida qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha sherik mavjud boʻlgan taqdirda, kollegial organning tegishli qarori bilan startap loyihaga moliyalashtirishda ustuvorlik berilishi mumkin.
28. Startap loyihani koʻrib chiqish va tanlab olish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirish tartibi
29. Tanlovni tashkil etish va moliyalashtirish har yili Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Tanlov komissiyasi muvaffaqiyatli deb topgan va tasdiqlagan ilmiy gʻoyalar Yagona platformada rasmiylashtirilgan natijalar asosida Agentlik direktorining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng ragʻbatlantiriladi.
Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan, muvaffaqiyatli deb topilgan ilmiy gʻoya mualliflariga pul mablagʻlari ularning nomiga ochilgan bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.
Bunda toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona platforma orqali qayd etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
31. Kollegial organ qaroriga muvofiq moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalar Agentlik direktorining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Ilmiy loyihalarni bajarish uchun Agentlik bilan gʻolib talabgor va ilmiy loyihaning ijrochi tashkiloti oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Ilmiy loyihalarni moliyalashtirishda hisob-kitoblar va moliyaviy rejaning shakllari, tartibi, xarajatlarning hajmi hamda turlarini aniqlash tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Yagona platformada joylashtiriladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Ajratilgan mablagʻlar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablagʻning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va natijada yuqori qiymatga ega, tijoratlashtirish imkoni yuqori boʻlgan yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim.
32. Kollegial organ qaroriga muvofiq moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalar taʼlim va ilm-fan vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
33. Startap loyihalar Agentlik, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan talabgor faoliyat yuritayotgan (yoki u tomonidan tashkil etiladigan) startap loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs oʻrtasida Yagona platforma orqali rasmiylashtiriladigan shartnoma shartlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
34. Moliyalashtirilayotgan startap loyihalar ijrochi tashkilotlari belgilangan tartibda Agentlik huzuridagi “Yashnobod” innovatsiya texnoparki yoki boshqa texnoparklarning rezidenti maqomini olish huquqiga ega.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
4-bob. Ilmiy gʻoya, ilmiy va startap loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi
35. Tanlov doirasida ilmiy va startap loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish Agentlik bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Monitoring loyiha tasdiqlangan rejaga muvofiq bajarilishi, moliyaviy mablagʻlarning maqsadga muvofiq sarflanishi, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishi va olingan natijalarning samaradorligini baholashni oʻz ichiga oladi.
Ilmiy va startap loyihalarning monitoring natijalari boʻyicha jamlanma hisobotni belgilangan tartibda qabul qilish, shuningdek, ularni bajarish boʻyicha axborot va boshqa tahliliy materiallarni shakllantirish Markaz tomonidan Yagona platforma orqali amalga oshiriladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
36. Ilmiy gʻoyalarni amalga oshirish jarayoni Markaz tomonidan Yagona platforma orqali monitoring qilinadi. Ilmiy gʻoyalar boʻyicha belgilangan ishlarni oʻz muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlari va moliyaviy intizomni buzish Agentlikning tashabbusi bilan talabgorning ikki yilga Tanlovda qatnashishini cheklash uchun asos boʻladi. Mazkur cheklov Yagona platformada qayd etiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
37. Ilmiy va startap loyihalarning natijalari Markaz tomonidan Yagona platforma orqali monitoring qilinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
38. Zarur hollarda, tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar jamoasi bilan birgalikda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda, ilmiy va startap loyihalarning bajarilishini monitoring qiladi va monitoring jarayonida olingan hujjatlar, xulosalar va natijalar Yagona platformaga kiritiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Yagona platforma orqali taqdim etilgan hisobotlarni ekspertlar tomonidan koʻrib chiqish;
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
ilmiy loyiha rahbarining taqdimot shaklidagi hisobotlari bilan tanishish;
zarur hollarda ilmiy loyihani bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish.
Ilmiy loyihani masofadan yoki bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganishda quyidagi asosiy jihatlarga eʼtibor qaratilishi lozim:
ilmiy loyiha boʻyicha imzolangan shartnoma va uning kalendar rejasiga asosan bajarilish holati;
ijrochi tashkilot tomonidan ilmiy loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi;
ajratilgan moliyaviy mablagʻning maqsadli sarflanayotganligi;
ilmiy loyihalar natijalari boʻyicha yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish borasida erishilgan natijalar va ularning mavjud salohiyatga nisbatan qiyosiy tahlili;
har bir loyiha doirasida qoʻlga kiritiladigan yakuniy natijalar va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari.
39. Ilmiy va startap loyihalar boʻyicha belgilangan ishlarning alohida bosqichlarining rejalashtirilgan hajmlarini oʻz muddatida bajarmaslik, shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatlarini va moliyaviy intizomni buzish Agentlikning tashabbusi bilan moliyalashtirish toʻxtatilishiga va shartnoma bekor qilinishiga asos boʻlishi va ilmiy loyihalarning ijrochi tashkilotlariga nisbatan tegishli choralar koʻrishga olib kelishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
40. Ilmiy va startap loyihalar monitoringi natijalari boʻyicha Markazning Yagona platformada rasmiylashtirgan xulosalariga koʻra Agentlik tomonidan ilmiy yoʻnalishlarning istiqbolini belgilash, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish yoki toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Kollegial organga kiritishga asos hisoblanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
41. Kollegial organ taqdim etilgan hujjatlar asosida (bildirishnoma, tadqiqot loyihalari toʻgʻrisidagi hisobot), aniqlangan oʻzgarishlar yoki olingan natijalar kutilganidan oʻzgacha boʻlsa, ilmiy va startap loyihalarni kelgusida moliyalashtirish yoki ularning maqsadli parametrlarini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Kollegial organ taqdim etilgan hujjatlar (ariza-xabarnoma, hisobot ilmiy va startap loyihalar) asosida kutilgan natijalardan farqli oʻlaroq, natijalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlmaganligi aniqlangan boʻlsa, ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ilmiy va startap loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatish ijrochi tashkilot va Agentlik oʻrtasidagi tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
42. Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar navbatdagi tanlovlarga yoʻnaltiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Ilmiy va startap loyihalarning har bir ijrochisi faqat bir loyihada toʻliq stavkada yoki ikki loyihada oʻrindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, bunda ularning umumiy ulushi ikki toʻliq stavkadan oshmasligi lozim.
44. Ilmiy loyihalar boʻyicha gʻolib talabgorlar ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablagʻlarning samarali va maqsadli sarf qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
45. Ilmiy loyihaning rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda ushbu loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.
46. Ilmiy loyiha boʻyicha ijrochi tashkilotning qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan faoliyati toʻxtatilganda, mazkur tashkilotdagi ilmiy loyihalar yoʻnalishi mos boshqa tashkilotga oʻtkaziladi.
47. Ushbu nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tanlov doirasida ilmiy gʻoyalarni shakllantirish, koʻrib chiqish va tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
(Agentlik)
“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida yosh olimlar uchun Yagona platformada va Agentlikning rasmiy veb-saytida tanlov eʼlon qiladi.
Bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Tanlov ishtirokchisi
Aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalarni Yagona platforma orqali taqdim etadi.
Tanlov eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda
3-bosqich
Markaz
Nizom talablariga mos ravishda toʻliq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini Yagona platforma orqali koʻrib chiqadi va muvaffaqiyatli deb topilgan ilmiy gʻoyalar boʻyicha yigʻma roʻyxatni shakllantiradi hamda Tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Tanlovga hujjatlarni qabul qilish yakunlangan sanadan boshlab, 30 kun ichida
4-bosqich
Tanlov komissiyasi
Talabgorlar tomonidan ilmiy gʻoyalarining taqdimot shaklida himoya qilinishini tashkil etadi, baholaydi va yakuniy xulosani Yagona platformada rasmiylashtiradi.
Tanlov komissiyasiga yigʻma roʻyxat taqdim etilgandan soʻng 30 kun ichida
5-bosqich
Agentlik
Gʻolib talabgorlarning ilmiy gʻoyalarini amalga oshirishlari uchun Agentlik direktorining tegishli buyrugʻini qabul qiladi va buyruq maʼlumotlarini Yagona platformaga kiritadi.
Tanlov komissiyasi xulosasi rasmiylashtirilgandan soʻng 10 kun ichida
6-bosqich
Agentlik
Tanlov gʻoliblarini Yagona platformada, Agentlik rasmiy veb-saytida va zarur hollarda internet nashrlarida eʼlon qiladi.
Agentlik direktorining tegishli buyrugʻi qabul qilingandan soʻng 10 kun ichida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tanlov doirasida ilmiy loyihalarni shakllantirish, koʻrib chiqish va tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Taʼlim va ilm fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
(Agentlik)
“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida yosh olimlar uchun Yagona platformada va Agentlikning rasmiy veb-saytida tanlov eʼlon qiladi.
Bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Agentlik
Tanlov doirasida eʼlon qilinadigan ilmiy loyiha mavzularini, shu jumladan, Yagona platforma orqali kelib tushgan takliflar asosida shakllantiradi.
Yil davomida
3-bosqich
Tanlov komissiyasi
Agentlik tomonidan shakllantirilgan ilmiy loyiha mavzularini Yagona platforma orqali koʻrib chiqadi va eʼlon uchun tanlab oladi.
Tanlov eʼlon qilishdan 20 kun avval
Agentlik
Tanlab olingan mavzular roʻyxatini Yagona platformada eʼlon qiladi.
Tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab
4-bosqich
Markaz
Eʼlon qilingan ilmiy mavzular asosida yoki tashabbuskor ilmiy loyihalarni Yagona platforma orqali qabul qiladi.
Loyihalar qabul qilish yakunlanguncha
5-bosqich
Markaz
Tanlov doirasida qabul qilingan ilmiy loyihalarni Yagona platforma orqali texnik ekspertizadan oʻtkazadi va natijalarni platformada rasmiylashtiradi.
Loyihalar qabul qilish yakunlangandan soʻng 15 kun ichida
6-bosqich
Tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar jamoasi
Texnik ekspertizadan oʻtkazilgan ilmiy loyihalarni Yagona platforma orqali baholaydi, ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi va xulosalarni platformaga kiritadi.
Texnik ekspertiza yakunlangandan soʻng 30 kun ichida
7-bosqich
Kollegial organ
Texnik va ilmiy ekspertizada ijobiy baholangan hamda moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy loyihalarning yakuniy roʻyxatini tasdiqlaydi, qarorni Yagona platformada rasmiylashtiradi va natijalarni eʼlon qiladi.
Ilmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng 10 kun ichida
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
“Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tanlov doirasida startap loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish Muddatlar
1-bosqich
Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
(Agentlik)
“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida yosh olimlar uchun Yagona platformada va Agentlikning rasmiy veb-saytida tanlov eʼlon qiladi.
Bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabgorlar
Aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan startap loyihalar boʻyicha ariza va hujjatlarni Yagona platforma orqali Agentlikka taqdim etadi.
Loyihalarni qabul qilish yakunlangunga qadar
3-bosqich
Tanlov komissiyasi
Arizalarning tanlov shartlariga muvofiqligi, loyihaning hayotga tatbiq etish darajasi va natijadorligi boʻyicha taqdimotni oʻtkazadi, baholash natijalarini Yagona platformada rasmiylashtiradi.
Loyihalar qabul qilish yakunlangandan soʻng 20 kun muddatda
4-bosqich
Markaz
Tanlov komissiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan startap loyihalarni Yagona platforma orqali moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi va xulosani platformaga kiritadi.
3-bosqich yakunlangandan soʻng 20 kun muddatda
5-bosqich
Kollegial organ
Moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza natijalari asosida startap loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qarorni Yagona platformada rasmiylashtiradi va natijani eʼlon qiladi.
4-bosqich yakunlangandan soʻng 10 kun muddatda
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga 3-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
1. Mazkur Nizom oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachilar) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)ga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga (keyingi oʻrinlarda — stajirovka) yuborish yuzasidan tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash, moliyalashtirish va stajirovka yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — oliy taʼlim va ilmiy, shuningdek, innovatsion sohada faoliyat yuritadigan yuridik shaxs;
maxsus ekspert guruhi — stajirovka oʻtashga yuborish boʻyicha saralash tanlovlarni oʻtkazish, gʻolib va rad etilgan nomzodlar toʻgʻrisida xulosa olish hamda ushbu jarayonni muvofiqlashtirish huquqiga ega Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi;
maqsadli tanlovlar — Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusiga koʻra ilm-fan sohasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tuzilgan anglashuv bitimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarini amalga oshirish maqsadida eʼlon qilinadigan tanlovlar;
maʼlumot (hujjat)lar — buyurtmachilar tomonidan stajirovka oʻtashga yuborish maqsadida tavsiya etilgan nomzodlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;
maxsus axborot tizimi — tanlovlar va stajirovkalarni tashkil etishning barcha jarayonlarida axborotlarning elektron shaklda almashinuvini, sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida nomzodlarni saralash, baholash va suhbat jarayonlari oʻtkazilishini taʼminlaydigan kompleks — dasturiy mahsulot;
stajirovka — nomzodlarning yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda belgilangan muddat davomida ilmiy faoliyatni amalga oshirish, ilgʻor tajriba va zamonaviy tadqiqot usullarini oʻzlashtirish, ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy faoliyat turi;
qabul qiluvchi tashkilot — tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar stajirovkaga yuboriladigan QS (Quacquarelli Symonds), THE (Times Higher Education) yoki ARWU (Academic Ranking of World Universities) xalqaro reytinglari birida TOP — 500 talikka kirgan xorijiy taʼlim tashkilotlari yoki AD Scientific Index (Alper-Döger Scientific Index) reytingida TOP — 1000 talikka kirgan xorijiy ilmiy tashkilot yoki markazlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
21.Taʼlim va ilm-fan vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, qabul qilingan strategiyalari hamda ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Tashqi ishlar vazirligi va soha boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro tashkilotlar orqali hamkorlik oʻrnatiladigan qabul qiluvchi tashkilotlar sonini koʻpaytirish choralarini koʻradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
3. Stajirovka oʻtashga yuborish maqsadida Agentlik davriy ravishda, kalendar yilida kamida bir marotaba 1-iyulga qadar tanlov eʼlon qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
4. Stajirovka yakka tartibda yoki jamoaviy shaklda bir oydan olti oygacha boʻlgan muddatda tashkil etilishi mumkin.
Bir oydan kam (15 kalendar kundan kam boʻlmagan) boʻlgan muddatga stajirovka oʻtashga maxsus ekspert guruhi xulosasi asosida maʼqullangan taqdirda yuboriladi.
Stajirovkaning shakli tanlovning eʼlon matnida koʻrsatiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
41. Jamoaviy stajirovka qabul qiluvchi tashkilot bilan erishilgan dastlabki kelishuvga muvofiq oʻtkaziladi.
Dastlabki kelishuv Vazirlik, Agentlik va Jamgʻarma tomonidan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida stajirovkani tashkil etishni nazarda tutuvchi ikki va koʻp tomonlama hujjatni imzolash orqali amalga oshiriladi.
42. Yakka tartibdagi stajirovka buyurtmachi va qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida erishilgan dastlabki kelishuv asosida tanlov natijalariga koʻra oʻtkaziladi.
43. Stajirovkaning boshlanish vaqti tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kalendar yildan oshib ketmasligi lozim.
Belgilangan muddatda stajirovka oʻtash boshlanmagan taqdirda, ilmiy stajirovka bekor qilingan deb hisoblanadi.
(41 , 42 va 43-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
2-bob. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
6. Stajirovka oʻtashga mutaxassislik fani va xorijiy tillarni oʻzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan darajada biladigan, yoshi 20 dan oshgan 40 yoshga toʻlmagan nomzodlar ariza topshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
7. Nomzodlar bir yil davomida ikki marotaba stajirovka oʻtashga gʻolib sifatida maʼqullanishi mumkin emas.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
8. Navbatdagi kalendar yilidagi eʼlon qilingan tanlovlarda avval ilmiy stajirovkani oʻtab kelgan shaxslar tegishli hisobotlarni taqdim etganidan soʻng nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
81. Bir vaqtning oʻzida bir nomzod faqat bitta tanlovda ishtirok etadi. Arizasi koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan nomzodlar amaldagi arizasini bekor qilish orqali navbatdagi tanlovga ariza topshirishi mumkin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
9. Agentlik stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlov haqidagi eʼlonni tanlov oʻtkazishdan kamida bir oy oldin Agentlikning rasmiy veb-sayti va maxsus axborot tizimiga joylashtiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Tanlov haqida Internet jahon axborot tarmogʻi, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham eʼlon berilishi mumkin.
10. Tanlovni oʻtkazish haqidagi eʼlonda quyidagilar aks etishi zarur:
taqdim etiladigan maʼlumot (hujjat)larning aniq roʻyxati, ularni qabul qilish tartibi, muddatlari va joyi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
11. Nomzodlar tanlovlarda ishtirok etish uchun Agentlikka maxsus axborot tizimi orqali quyidagi maʼlumot (hujjat)larni taqdim etadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi stajirovka rejasi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
yakka tartibdagi stajirovkalar boʻyicha eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun nomzod tomonidan qoʻshimcha ravishda qabul qiluvchi tashkilotning rozilik (taklifnoma) xati va stajirovka davrida amalga oshiriladigan ishlar dasturi hamda stajirovka uchun talab etiladigan xarajatlar smetasi taqdim etiladi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
ilmiy darajasi (fan nomzodi, PhD va fan doktori), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplom(lar)ning nusxasi, agar mavjud boʻlsa;
stajirovkaning maqsadga muvofiqligi, asosiy vazifalari, kutilayotgan natijalari hamda ilmiy faoliyatiga taʼsirini asoslovchi tahliliy maʼlumotlar bayon etilgan asosnoma;
xorijiy tillardan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar, muddati oʻtgan hujjatlar bundan mustasno), agar mavjud boʻlsa.
Nomzodlarning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, oliy taʼlim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplom maʼlumotlari va fotosurati, xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
12. Maqsadli tanlovlarni tashkil etishda qabul qiluvchi tomonidan stajirovka oʻtash uchun taklifnoma (rozilik) xati Agentlik nomiga yuborilishi mumkin.
Bunda stajirovka davomida amalga oshiriladigan ishlar dasturi Agentlik tomonidan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida markazlashgan holda kelishilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
13. Buyurtmachi tomonidan nomzodlar toʻgʻrisidagi buyurtmachi kollegial organi (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqa shakllarda boʻlishi mumkin) qaroridan koʻchirmani maxsus axborot tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
14. Buyurtmachilar rahbarlari nomzodlarni tavsiya etish jarayonining xolisligi va taqdim etilayotgan maʼlumot (hujjat)larning haqqoniyligi shu bilan birga tavsiya etilgan nomzodlarni saralash, tanlovlarda ishtirokini taʼminlash uchun shaxsan javob beradilar.
4-§. Maxsus ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish tartibi
15. Nomzodlarni tanlov asosida saralash maqsadida Agentlik tomonidan maxsus ekspert guruh(lar)i tashkil qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
16. Maxsus ekspert guruhi Agentlik direktorining buyrugʻi asosida har yili tuziladi. Maxsus ekspert guruhi rahbari, rahbar oʻrinbosari, kotib va kamida besh nafar toq sonli aʼzolardan iborat boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
17. Maxsus ekspert guruhi tarkibiga oʻz yoʻnalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan, chet tillarini yuqori darajada biladigan malakali (turli vazirlik, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar) mutaxassislar kiritiladi. Maxsus ekspert guruhiga rahbarlik qilish vazifasi Agentlik direktori oʻrinbosariga yuklatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Ekspert guruhi rahbari, zarur hollarda qoʻshimcha mutaxassislarni (vazirlik, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar, shu jumladan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari mutaxassislarini), qabul qiluvchi tashkilot vakilini ekspert sifatida (ovoz berish huquqi bilan) saralash, tanlovlarga jalb qilishi mumkin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
18. Maxsus ekspert guruhi yigʻilishlari yuzma-yuz yoki sirtdan (soʻrov orqali), shu jumladan yuzma-yuz yigʻilishlar onlayn rejimda videomuloqot shaklida oʻtkazilishi mumkin.
19. Maxsus ekspert guruhi yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum uning tarkibining uchdan ikki qismini tashkil etishi lozim.
Maxsus ekspert guruhi bayonnomalari guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
20. Stajirovkalarga yuborish orqali kadrlar tayyorlash jarayonini jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida maxsus ekspert guruhi quyidagilarga haqlidir:
1-bosqich saralash tanlovlarda maʼlumot (hujjat)larni taqdim etilmagan qismini toʻldirish uchun eʼlon qilingan tanlovlar muddatini uzaytirish;
2-bosqich saralash tanlovlarda stajirovka dasturlarini qayta taqdimot himoyasini oʻtkazishga ruxsat berish.
21. Maxsus ekspert guruhining barcha aʼzolariga yil yakuni boʻyicha erishilgan natijalarga muvofiq Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli (barcha soliq va majburiy toʻlovlarni ushlab qolgan holda) beriladi.
Mukofot pulini berish (tayinlash) Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
22. Maxsus ekspert guruhining faoliyatini uning masʼul kotibi tashkil etadi.
23. Maxsus ekspert guruhi qabul qilgan qarorlarining xolisligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
3-bob. Saralash tanlovlarni oʻtkazish va stajirovkaga yuborish tartibi
24. Stajirovkalarga yuborish boʻyicha kelib tushgan maʼlumot (hujjat)larni umumlashtirish, nomzodlarni saralash tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tegishli boʻlim tomonidan amalga oshiriladi.
25. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi buyurtmachilarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralarining asoslantirilgan takliflari boʻyicha saralash tanlov oʻtkazmagan holda qaror chiqarishga haqli.
Bunda tavsiya etilgan nomzodlarning malakasi va unga qoʻyiladigan talablar ijrosi yuzasidan bevosita vazirlik va idoralarning rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
26. Nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (hujjat)lar 10 ish kuni muddatida tegishli boʻlim tomonidan umumlashtirilib, maxsus ekspert guruhiga xulosa olish uchun kiritiladi.
27. Saralash tanlovlar ikki bosqichda oʻtkaziladi. Maxsus ekspert guruhining qarori uning aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Maxsus ekspert guruhi rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Maxsus ekspert guruhi kiritilgan maʼlumot (hujjat)larga asosan kamida bir oylik muddatda ikki bosqichda quyidagi tartibda nomzodlarning saralash tanlovlarini oʻtkazadi.
Saralash tanlovining 1-bosqichi nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 11 va 13-bandlariga muvofiq toʻliqligi va rasmiylashtirilganligini, maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalari tanlov yoʻnalishlari hamda qabul qiluvchi tashkilot faoliyatiga va dasturiga mosligi baholanadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Bunda baholash maxsus axborot tizimi orqali sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Saralash tanlovining 1-bosqichi yakunlari boʻyicha maʼlumot (hujjat)lari taqdim etilgan nomzodlar boʻyicha 2-bosqichda ishtirok etishga oʻtkazilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
Maxsus ekspert guruhining saralash tanlovlarning 1-bosqichi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori Agentlik veb-sayti va maxsus axborot tizimiga joylashtiriladi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Tanlov shartlariga muvofiq nomzodlar kamida 3 kun oldin maxsus axborot tizimi orqali tanlovning keyingi bosqichiga oʻtganligi, suhbat oʻtkazilish vaqti va manzili haqida xabardor qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Saralash tanlovlarning 2-bosqichida nomzodlar oʻz stajirovka dasturlarini chet tilida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazadilar.
Saralash tanlovlar davrida taqdimot himoyasida ishtirok etmagan (kelmagan) nomzodlarning hujjatlari maxsus ekspert guruhining qaroriga asosan rad etilishi mumkin.
Taqdimot himoyasida nomzodlar tanlangan tadqiqot ishini qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etiladi.
Bunda Maxsus ekspert guruhi taqdimot natijalariga asosan yakuniy xulosa tayyorlashda quyidagi mezonlarga amal qiladi:
xorijiy tillarni oʻzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan darajada bilishi va qoʻllay olishi — 30 ballgacha;
stajirovka maqsad va vazifalarining dolzarbligi hamda ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligi — 40 ballgacha;
stajirovkaning oliy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilotning yoʻnalishlari, ehtiyojlari va talablariga mosligi — 30 ballgacha.
Taqdimot natijalariga asosan kamida 60 ball toʻplagan nomzodlar Maxsus ekspert guruhi qarori bilan gʻolib deb topiladi.
Gʻoliblar tanlov shartlarida belgilangan kvota doirasida Maxsus ekspert guruhi tomonidan eng yuqori ball ketma-ketligi boʻyicha aniqlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
29. Gʻolib nomzodlarning stajirovka uchun talab etiladigan mablagʻlari (transport, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar) Agentlik tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng maxsus ekspert guruhining yakuniy xulosasi rasmiylashtiriladi.
Bunda stajirovkaga yuborish xarajatlari boʻyicha tegishli asoslovchi hujjatlar nomzodlar tomonidan Agentlikga taqdim etilishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
30. Ikkinchi bosqich tanlov gʻoliblari toʻgʻrisida ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan yakuniy xulosa Agentlik tomonidan Kuzatuv kengashida tasdiqlash uchun Jamgʻarmaga kiritiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
31. Saralash tanlovlarning 2-bosqichi natijalari Agentlikning rasmiy veb-sayti va maxsus axborot tizimiga joylashtirish orqali eʼlon qilinadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Gʻolib nomzodlarni stajirovka oʻtashga yuborish Jamgʻarma tomonidan tanlov yakuniga muvofiq Jamgʻarma Kuzatuv kengashining tegishli qarori qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Agentlik stajirovka boʻyicha saralash tanlovlarning haqqoniyligiga va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishiga javobgardir.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
4-bob. Stajirovkalarni moliyalashtirish tartibi
33. Stajirovkalarga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
34. Stajirovkalarni moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarining prognoz parametrlarida nazarda tutiladi.
35. Maxsus ekspert guruhining yakuniy xulosasiga muvofiq saralab olingan nomzodlarning stajirovkasi bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarmaning tegishli moliya yilida ushbu maqsadlar uchun rejalashtirilgan mablagʻlari doirasida boʻlishi zarur.
36. Vazirlik ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli ishlatilishini yoʻlga qoʻyish maqsadida stajirovka bilan bogʻliq xarajatlarni qisqartirish va optimallashtirish huquqiga ega.
37. Stajirovkalar boʻyicha xarajatlar Agentlik, Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi, Buyurtmachi hamda yetakchi xorijiy ilmiy tashkilot oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadigan stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
38. Stajirovkalarga yuborish bilan bogʻliq talablar va xarajatlar oʻrnatilgan tartibda tuziladigan shartnoma, joʻnab ketish (kelish) sanasi va boshqalarga asosan oʻzgarishi mumkin.
Bunda nomzodlar tomonidan rejalashtirilgan stajirovkaning davomiylik muddati Maxsus ekspert guruhida tasdiqlangan stajirovka muddatidan oshmasligi shart.
39. Stajirovka oʻtash davrida Jamgʻarma ajratilgan mablagʻlarda oqilona va maqsadli foydalanish hamda xarajatlar smetasiga qatʼiy rioya etgan holda sarflanishi uchun Buyurtmachi va nomzodlar javobgar hisoblanadi.
5-bob. Stajirovka yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish tartibi
40. Stajirovka yakuni boʻyicha moliyaviy va ilmiy hisobotlar taqdim etiladi.
41. Stajirovka oʻtash uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish yuzasidan moliyaviy hisobot buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan va tegishli hujjatlar, shu jumladan, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, gʻolib nomzodlar stajirovka oʻtab kelgan kundan boshlab 10 ish kunida qogʻoz va elektron shaklda Jamgʻarmaga taqdim etiladi.
Bunda hisobot maʼlumotlariga asosan belgilangan tartibda ishlatilmagan (iqtisod qilingan va maqsadsiz sarflangan) mablagʻlar stajirovka yakunlangan kundan boshlab 25 ish kunida Jamgʻarmaga qaytarilishi shart.
42. Stajirovka xarajatlari shartnomada koʻzda tutilgan mablagʻ miqdoridan oshib ketgan hollarda, haqiqiy xarajatlar Buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
43. Stajirovka yakuni boʻyicha gʻolib nomzodlar tomonidan stajirovka oʻtab kelgan kundan boshlab 10 ish kunida ilmiy hisobot tayyorlanadi.
44. Ilmiy hisobot buyurtmachilarning kollegial organiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
45. Ilmiy hisobot tasdiqlanmagan taqdirda yosh olimning stajirovka davrida ishlatilgan mablagʻlari uning ish haqidan ushlab qolinib, Buyurtmachi tomonidan Jamgʻarmaga oʻtkazib beriladi.
46. Tasdiqlangan ilmiy hisobot va kollegial organ qarori nusxasi buyurtmachilar rasmiy kuzatuv xatiga ilova qilingan holda kollegial organ qarori chiqqan kundan boshlab 10 ish kunida maxsus axborot tizimi orqali Maxsus ekspert guruhiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Maxsus ekspert guruhi tomonidan nomzod arizasida belgilangan maqsad va vazifalari toʻliq bajarilganlik holati koʻrib chiqiladi va ijobiy baholangan taqdirda, stajirovka muvaffaqiyatli yakunlangan deb hisoblanadi.
Ilmiy hisobot Maxsus ekspert guruhi tomonidan qabul qilinmagan taqdirda, yosh olimning stajirovka davrida ishlatilgan mablagʻlari uning ish haqidan ushlab qolinib, Buyurtmachi tomonidan Jamgʻarmaga oʻtkazib beriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
47. Gʻolib nomzodlar stajirovka oʻtab kelgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari boʻyicha xorijiy ilmiy anjumanlarda maʼruza bilan ishtirok etishi va xalqaro tan olingan maʼlumotlar bazasidagi yetakchi ilmiy jurnallarda nashr qilishi, shu bilan birga, kamida bir yil davomida Agentlik tomonidan tashkil etiladigan va boshqa tadbirlarda stajirovka davrida toʻplangan tajribalar va olgan bilim va koʻnikmalari borasida oʻz fikr va mulohazalarini bayon etishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
48. Hisobot va maʼlumotlar haqqoniyligi yuzasidan buyurtmachilar rahbarlari javob beradilar.
49. Agentlik va Jamgʻarma buyurtmachilardan stajirovkaga yuborish va yakuniy hisobotlar yuzasidan kiritilgan maʼlumot (hujjat)lar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
50. Stajirovka oʻtash mobaynida tanlov gʻoliblarining belgilangan tartibda ish joyi va lavozimi shu jumladan, stipendiya yoki oʻrtacha ish haqi saqlanishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
51. Maxsus ekspert guruhining saralash tanlovlarni oʻtkazish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari boʻyicha manfaatdor shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
52. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
53. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish
REJASI
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Ish joyi va lavozimi
(oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilot nomi)
Stajirovka maqsad va vazifalari
Stajirovka oʻtkaziladigan davlat, qabul qiluvchi tashkilotlar
Stajirovka davomiyligi
Stajirovka uchun talab etiladigan mablagʻlar
(transport, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar har biri alohida koʻrsatilishi zarur)
Fan yoʻnalishi
Kutilayotgan natijalar
1.
2...
Izoh. Stajirovka uchun talab etiladigan mablagʻlar ustuni maʼlumotlari oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotlar buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash, moliyalashtirish va stajirovka yakuni boʻyicha hisobot taqdim etish
Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
(Agentlik)
Respublikadagi yosh olimlarni stajirovkalarga yuborish boʻyicha Agentlik veb-sayti va maxsus axborot tizimida tanlov toʻgʻrisida eʼlon joylashtiradi.
Tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin
2-bosqich
Buyurtmachi tashkilotlar
1. Tavsiya etilgan nomzodlarning maʼlumotlarini va zarur hujjatlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etadi.
2. Ilmiy kengash bayonnomasini maxsus axborot tizimi orqali kiritadi hamda nomzodlarning arizalarini tasdiqlaydi.
Tanlovda belgilangan muddatda
3-bosqich
Agentlik
Nomzodlarni saralab olish uchun Agentlik huzurida Maxsus ekspert guruhini tuzadi.
Har yili yanvar oyida
4-bosqich
Maxsus ekspert guruhi
Nomzodlarning saralash tanlov bosqichlarini oʻtkazib, yakuniy xulosani Agentlikka taqdim etadi.
Kamida bir oy muddatda
5-bosqich
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi
Gʻolib nomzodlar stajirovkasini moliyalashtirish maqsadida Jamgʻarma Kuzatuv kengashining tegishli qarorini qabul qiladi.
Agentlik yoʻllanma xati kiritilgandan soʻng kamida bir oy muddatda
6-bosqich
Agentlik
Tanlov gʻoliblarini rasmiy veb-sayt va maxsus axborot tizimida eʼlon qiladi.
5-bosqich yakunlangandan soʻng kamida 10 kun muddatda
7-bosqich
Buyurtmachi tashkilotlar
Stajirovka yakuni boʻyicha moliyaviy va ilmiy hisobotlar taqdim etadi.
Moliyaviy hisobot: stajirovka oʻtab kelgan kundan 10 ish kunida;
Ilmiy hisobot: kollegial organ qarori chiqqan kundan 10 ish kunida
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 09/21/222/0344-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.11.2026-y., 09/26/604/1093-son)