Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalarining 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3363-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-son “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish qoidalarining 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“avtomobil yoʻli — transport vositalarining belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishi uchun moʻljallangan, ajratilgan mintaqa doirasidagi yer uchastkasi va uning ustidagi yoki ostidagi konstruktiv elementlarni (yoʻl toʻshamasini, yoʻl qoplamasini va boshqalarni), yoʻl obyektlarini, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻz ichiga oladigan transport infratuzilmasi obyekti;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-oktabr,
12-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2026 y., 10/26/3363-1/1045-son)