XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Shahardagi ayrim koʻchalarni birlashtirgan holda qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-son qonunining 10-moddasi, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 25-avgustdagi yigʻilish bayoni va 2026-yil 25-avgustdagi 05-19-14813-sonli ekspert xulosasi, shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchi Sh. Abdullayevaning 2026-yil 11-sentabrdagi 10-161-sonli axborotini tinglab, xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 6-avgustdagi 03/08-9349-sonli ekspertiza xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha Xiva shahar komissiyasining Yangi turmush va Kalta minor mahallalari hududidan kesib oʻtgan Iqtidor koʻchasi, Koʻhna ark koʻchasining bir qismi hamda Dishan qalʼa koʻchasining bir qismi, Qibla tozabogʻ mahallasini kesib oʻtuvchi Hilol koʻchasi va Shixlar mahallasini kesib oʻtuvchi Porloq istiqlol koʻchasining bir qismini birlashtirgan holda “Hilol” deb qayta nomlash taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Kadastrlar palatasi shahar boʻlimi (A. Jalilov) ushbu ekspert xulosasi asosida koʻchalarni toifalari boʻyicha qayta koʻrib chiqsin hamda belgilangan tartibda tegishli kadastr, reyestr va elektron bazalarda zarur ishlarni amalga oshirsin.
4. Shahar statistika boʻlimi v.v.b (S. Mamatsobirov), Kadastrlar palatasi shahar boʻlimi (A. Jalilov), shahar qurilish boʻlimi (Sh. Atajanov) hamda tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (Sh. Sadullayev), Kadastrlar palatasi shahar boʻlimi (A. Jalilov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
qonunda belgilangan tartibda koʻchalarning nomlanishlari va xonadonlarni raqamlashtirish ishlarini amalga oshirsinlar;
har bir koʻchalarga va xonadonlarga nomi yozilgan metall koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalar oʻrnatilishi boʻyicha qonun talablariga muvofiq Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasiga taklif kiritsinlar.
6. Shahar hokimligi axborot xizmati (O. Ikramov), “Xiva tongi” gazetasi (Sh. Masharipov) ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X. Xudayberganov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi A. RAXIMOV
Xorazm viloyati, Xiva shahri,
2026-yil 19-sentabr,
VII-22-51-12-217-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.