XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kitob tumanidagi nomi oʻzgargan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan koʻchani nomlash toʻgʻrisida
Kitob tumanidagi «Shifobuloq» qishlogʻi nomini «Qonjigʻali» deb qayta nomlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasini “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli Nizomlari talablariga muvofiq, Kadastr agentligi ekspert komissiyasi va viloyat komissiyasining ijobiy xulosalarini hamda Kitob tumani hokimining taqdimnomasini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Kitob tumani hokimining «Shifobuloq» qishlogʻi nomini oʻzining tarixiy nomi — “Qonjigʻali” deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi maʼqullansin.
2. Kitob tumani Oyoqchi mahallasi hududidagi “Shifobuloq” qishlogʻi nomi “Qonjigʻali” qishlogʻi deb qayta nomlansin.
3. Ushbu qarorni tasdiqlash va Geografik obyektlar nomlarining davlat reestriga kiritish uchun Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Kadastr agentligiga yuborilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi raisi S. KODIROV
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2026-yil 28-avgust,
VII-20-73-4-62-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.