XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kitob tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining 8-bandi “a” kichik bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 26-janvardagi VII-21-13-4-0-K/26-sonli qarorini hamda tuman hokimining oʻrinbosari F. Usmonovning 2026-yil 20-iyundagi 03-03/2016-sonli xati bilan taqdim etilgan tariflar loyihasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Kitob tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun belgilangan tariflar koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlanganligini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlari eʼtiboriga yetkazish vazifasi topshirilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Boboyev va tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan Xalq deputalari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 15-iyuldagi “Kitob tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-19-58-4-62-K/26-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi raisi S. KODIROV
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2026-yil 28-avgust,
VII-20-72-4-62-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.