XALQ DEPUTATLARI YAKKABOGʼ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Yakkabogʼ tumanidagi geografik obyekt (mahalla fuqarolar yigʼini)ni nomini qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tumandagi“Nurli yoʻl” mahallasi fuqarolarining talablari asosida “Nurli yoʻl” MFY va Nurli yoʻl aholi punkti xatlovdan oʻtkazilgan boʼlib xatlov natijasida mahalla va aholi punkti nomi koʻp yillar davomida “Qozoq” MFY Qozoq aholi punkti deb atalib kelingani, bu nom tarixiy nom ekani “Nurli yoʻl” mahalla aholisi va mehnat faxriylaridan iborat fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, tarixiy va qadimiy nomlarni qadriyat sifatida muhofaza qilish, ularni asossiz ravishda qayta nomlashni oldini olish maqsadida, Qozoq mahallasi hamda Qozoq aholi punkti deb qayta nomlab, taklif etilayotgan joy nomini Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 19-dekabrdagi 03/08-14298-sonli ekspert xulosasiga asosan Yakkabogʼ tuman hokimligining 2026-yil 22-iyundagi 01-11/148-sonli xatini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari E. Beknayevning taklifi maʼqullansin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan yuqori turuvchi vakolatli idoralarning tegishli xulosalariga asosan Yakkabogʼ tumanidagi “Nurli yoʼl” mahalla fuqarolar yigʼinining nomini “Qozoq” mahalla fuqarolar yigʼini nomiga oʻzgartirish yuzasidan taklifi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari E. Beknayev mazkur sessiya qarori bilan tasdiqlangan geografik obyektlarning nomlarini 10 kun muddatda davlat reyestriga kiritish uchun zaruriy ishlarni amalga oshirishni taʼminlasin.
4. Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog` tuman filiali boshlig`i (Z. Safarov)ga geografik obyektlarning nomlari boʻyicha elektron bazasiga ushbu qarorga muvofiq belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Yakkabogʻ tuman bo`limi boshlig`i (S. Avlayev), Yakkabogʼ tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi boʼlimi boshligʼi (A. Berdiqobilov) hamda MFY raislari bilan birgalikda tumanidagi geografik obyekt (Qozoq MFY)ni nomi yozilgan zamonaviy va milliy dizayn asosida peshlavhalar oʻrnatilishini taʼminlash va boshqa vakolat doirasidagi zaruriy ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman ichki ishlar bo`limi tumanidagi geografik obyekt (Qozoq MFY)ni nomini zaruratga koʼra inobatga olsin.
7. Tuman hokimligi matbuot hizmati (Sh. Xasanov) ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin
8. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari E. Beknayevga, nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Jurayev zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi S. ASHUROV
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
2026-yil 7-sentabr,
VII-28-117-4-68-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.