28.08.2026 yildagi VII-21-81-8-108-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Oltinsoy tumani Xalq deputatlari Kengashining qarori, 28.08.2026 yildagi VII-21-81-8-108-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
28.08.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltinsoy tumanida “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan geografik obyektlarni nomlash, oʻzgartirish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligining 2026-yil 29-iyuldagi 03/08-8944-sonli xati hamda 2026-yil 28-iyuldagi Urbanizatsiya va uy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi direktori oʻrinbosari, Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish komissiyasining yigʻilish bayoni va Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son Qonuni 10-moddasiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligining 2026-yil 29-iyuldagi 03/08-8944-sonli xati hamda 2026-yil 28-iyuldagi Urbanizatsiya va uy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi direktori oʻrinbosari, Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish komissiyasining 2/2-384-sonli yigʻilish bayoni va Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasi inobatga olinsin va maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oltinsoy tuman hokimligi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi”ning Respublika ekspert komissiyasining xulosasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 11 ta koʻchalar nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman uy-joy qurilish va kommunal xoʻjaligi boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali, tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Statistika boʻlimi, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman Davlat xizmatlari markazi va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 11 ta koʻcha nomi boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oltinsoy tumani hokimining oʻrinbosari (T. Chorshanbiyev), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan koʻchalar va mahalla nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDSt texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oltinsoy tuman Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (T. Chorshanbiyev)ga 15 kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 11 ta koʻchalar nomlarni davlat reyestriga kiritish uchun tegishli hujjatlar taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati (U. Abdurasulov)ga mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mamatmuratov)ga zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi A. TURDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-21-81-8-108-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.