JIZZAX VILOYATI SHAROF RASHIDOV TUMANI HOKIMINING
QARORI
Sharof Rashidov tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 10-avgustdagi 01-669-sonli xati qanoatlantirilsin.
2. Tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari O. Meliboyev, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari D. Sadriddinova hamda tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish xolati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi rahbari (B. Xudoyberdiyev)ga mahalla fuqarolar yigʻinlarida maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim muassasalarga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror “Jizzax.tongi.uz” gazetasida rasmiy elon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari O. Meliboyev zimmasiga yuklatilsin.
Sharof Rashidov tumani hokimi A. ASHUROV
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani,
2026-yil 8-sentabr,
258-3-46-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.