15.07.2026 yildagi VII-29-100-3-52-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining qarori, 15.07.2026 yildagi VII-29-100-3-52-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
15.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI PAXTAKOR TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi “Tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida”gi VI-44-258-3-52-K/22-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini qayta nomlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiq, xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi VI-44-258-3-52-K/22-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxtakor tumanida yangi nom berilgan geografik obyektlar toʻgʻrisida”gi ilovasiga oʻzgartish kiritish zarurati yuzaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorning 1-ilovasi 6-bandi bilan tasdiqlangan Bogʻ suv taʼminotining yetarli emasligi sababli, daraxtlar qurib qarovsiz maydonga aylanib qolganligi sababli, ushbu hududdagi fuqarolarning takliflarini inobatga olgan holda tuman hokimning 2025-yil 13-fevraldagi 29-3-52-Q/25-sonli qaroriga asosan ushbu yer maydoni tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdosi orqali savdoga chiqarilib, tadbirkorlar tomonidan xarid qilib olingan va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi VI-44-258-3-52-K/22-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 6 bandi (Geografik obyektning turi “Bogʻ”, Geografik obyektning bogʻlanishi “Chamanzor MFY”, Geografik obyektning nomi “Yoshlik” va Ekspert komissiyasining xulosasi “Qonun hujjatlari talablariga muvofiq”)ni bekor qilish boʻyicha tuman hokimligi tomonidan taklif kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 1-iyundagi 01-562-sonli yigʻilish bayoni hamda tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Shukurovning axborotini atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 1-iyundagi 01-562-sonli yigʻilish bayoni hamda tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Shukurovning 2026-yil 26-iyundagi 05-98-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxtakor tumani Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi VI-44-258-3-52-K/22-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 6-bandi (Geografik obyektning turi “Bogʻ”, Geografik obyektning bogʻlanishi “Chamanzor MFY”, Geografik obyektning nomi “Yoshlik” va Ekspert komissiyasining xulosasi “Qonun hujjatlari talablariga muvofiq”)ni bandi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2022-yil 6-dekabrdagi VI-44-258-3-52-K/22-sonli qarorining qolgan bandlari oʻz kuchida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi SUVANQULOV SHOHHASAN MUHAMMAD OʻGʻLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati, Paxtakor tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-29-100-3-52-K/26-son