01.07.2026 yildagi VII-26-73-5-71-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karmana tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarorining 8-bandiga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini shartnoma asosida koʻrsatishga ruxsat berilganligi, mazkur xizmatlar uchun tariflar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Toshnazarovning 2026-yil 6-apreldagi 03-03/1704-sonli xati hamda Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 14-apreldagi DKQ-03-01/27-26-sonli qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Karmana tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha toʻlov tariflari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari O.Kamolovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tumanda maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va boʻta shox-shabbalai, barglari) hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov narxlari ilovaga muvofiq maʼqullanganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Zayniyev)ga tasdiqlangan tariflarni amaliyotga toʻliq va oʻz vaqtida joriy etilishini taʼminlash, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, barcha tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishda yagona yondashuv va tartib-intizomni taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (O.Kamolov)ga markaziy koʻchalarda joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni oʻz vaqtida va sifatli olib chiqish, hududlarni sanitariya va ekologik talablarga muvofiq obodonlashtirish, belgilangan tariflar asosida xizmatlarni uzluksiz tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini qatʼiy bajarish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (D.Radjabov)ga mazkur xizmatlar uchun belgilangan tariflarning iqtisodiy asoslanganligini doimiy ravishda tahlil qilib borish, xizmatlar tannarxi va moliyaviy samaradorligini oʻrganish, budjet intizomiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda ushbu sohada ortiqcha xarajatlarning oldini olish boʻyicha aniq choralar koʻrib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Axmedov)ga xizmatlar boʻyicha shakllanadigan barcha tushumlarning toʻliq va shaffof hisobga olinishini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlari bilan hisob-kitoblarning toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan qatʼiy nazorat choralarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror ijrosini tashkil etish tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi (A.Tashnazarov)_qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Y.Murodov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 (uch) oydan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KENGASH RAISI OSTONOV ZOHIDJON TOLIBOVICH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-26-73-5-71-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.