10.06.2026 yildagi 260-12-175-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORAZM VILOYATI XONQA TUMANI HOKIMINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Xonqa tumanidagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish uchun tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-sonli qarori hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 12-maydagi 01605-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Y. Babajonov) hamda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (E. Roʻzmetov) tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xonqa tumanidagi taʼlim rus tilida olib boriladigan 36-sonli maktabga tumandagi barcha hududlardan rusiyzabon oʻquvchilarni kelishini, ushbu maktabda 1-sinfga qabul rus tilini bilish darajasi boʻyicha amalga oshirilishini inobatga olgan holda mikrohudud berkitilmasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman hokimining oʻrinbosari I. Xodjayev, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Y. Babajonov) va tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim maktablariga jalb etishga shaxsan masʼul ekanliklari ushbu qaror bilan belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (O. Quramboyev) mahalla fuqarolar yigʻini raislari bilan birgalikda maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim maktablari rahbarlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi munosabati bilan 2022-yil 6-sentabrdagi VI-69-151-12-175-Q/22-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman hokimligi axborot xizmati (Sh. Xoʻjaniyozov), “Xonqa hayoti” gazetasi muharriri M. Sapayeva:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror tuman hokimligining “Xonqa hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Xodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimi U. DAVLATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260-12-175-Q/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.