12.06.2026 yildagi VII-25-37-11-155-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashining qarori, 12.06.2026 yildagi VII-25-37-11-155-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
12.06.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dangʻara tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun isteʼmolchilar kesimida suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dangʻara tumanida Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv tekin emas” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori imzolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror bilan, Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (keyingi oʻrinlarda — suv soligʻi) stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorda 2024-yildan boshlab, Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 25-martga qadar vegetatsiya davri uchun va 25- sentabrga qadar kuz-qish davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5- sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan suvni hisob-kitobi va hisobotini yuritish tartibiga asosan, Dangʻara tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda hududdagi barcha suv isteʼmolchilar hamda dehqon xoʻjaliklarini 2026-yil suv mavsumi uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari tasdiqlanib, shu asosida har bir suv isteʼmolchilari, suv manbalar, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida suvdan foydalanish rejalari ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5- sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tumanda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hududlar, manbalar va suv isteʼmolchilari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori S.Tojiboyevning bergan hisoboti qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fargʻona viloyati Sirdaryo-Soʻx Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining 2026-yil 26-martdagi 01/07-290-sonli hamda tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining 2026-yil 24-martdagi 79-sonli xatlari inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur masala xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi yigʻilishida muhokama qilinib, tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dangʻara tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori S.Tojiboyev tomonidan tuman boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dangʻara tumani hududidagi Baliqchilik yoʻnalishidagi suv isteʼmolchilarining 2026-yilning sugʻorish davrida suv olish limiti 4-ilovaga muvofiq; Dangʻara tumani hududidagi dehqon xoʻjaligi yoʻnalishidagi suv isteʼmolchilarining 2026-yilning sugʻorish davrida suv olish limiti 5-6-7-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dangʻara tumani hududidagi fermer xoʻjaligi, MFY va boshqa yoʻnalishidagi suv isteʼmolchilarining 2026-yil sugʻorish mavsumida sugʻorish va iqtisodiyot tarmoqlariga cheklangan suv miqdori (limit) 1-ilovaga muvofiq; Dangʻara tumani hududidagi Qishloq xoʻjaligi korxonalari 2026-yilning sugʻorish davrida cheklangan suv miqdori (limit) 2-ilovaga muvofiq; Dangʻara tumani hududidagi MFY aholi tomorqa yoʻnalishidagi suv isteʼmolchilarining 2026-yilning sugʻorish davrida cheklangan suv miqdori (limit) 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh.Shokirov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga suvlarni ortiqcha isrofgarchiliklarga yoʻl qoʻymagan holda olishlari uchun ichki ariqlarini begona oʻtlar va chiqindilardan tozalash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (S.Tojiboyev) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda faoliyat koʻrsatayotgan qishloq xoʻjaligiga moslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining gʻalla va paxta yer maydonlari kesimida belgilangan limitlarga asosan suv yetkazib berilishini nazoratga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari tomonidan limitlarga asosan ajratilgan suvdan unumli foydalanish hamda qarovsiz holda qoldirilishi va suvni ortiqcha isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror Fargʻona viloyati Sirdaryo-Soʻx Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (O.Ergashev) hamda tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Shokirovlar zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi DADABOYEV KAYUM KADIROVICH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-25-37-11-155-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.