XORAZM VILOYATI YANGIARIQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Yangiariq tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan, tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-286-sonli qarori hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimining 2026-yil 8-maydagi 748-5-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (D.Kuvakov) hamda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (M.Rajapov) tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (D.Matyakubov), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi (D.Kuvakov), tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
3. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblansin.
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (F.Shomurodov) mahalla fuqarolar yigʻini raislari bilan birgalikda maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim maktablari rahbarlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2019-yil 19-avgustdagi 6289-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror imzolangan sanadan kuchga kiradi hamda Yangiariq tuman hokimining rasmiy nashri “Yangiariq ovozi” gazetasida va veb-saytda eʼlon qilinsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʻrinbosari (D.Matyakubov) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Z. MATNAZAROV
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
2026-yil 12-iyun,
201-12-179-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.