03.06.2026 yildagi 232-5-71-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAVOIY VILOYATI KARMANA TUMANI HOKIMINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Karmana tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211 -moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandiga asosan, tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Karmana tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumtaʼlim muassasasi tomonidan roʻyxatga olish orqali amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman hokimi oʻrinbosari (D. Nazarov), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Z. Xodjayeva), umumtaʼlim maktablari rahbarlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga, umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Karmana tuman boʻlimi (A. Joʻrayev) mahalla fuqarolari yigʻinini maktab yoshidagi bolalarni qamrab olishda umumtaʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (Sh. Asoyeva) mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qaror kuchga kirishi bilan Karmana tumani hokimining 2025-yil 9- iyuldagi 165-5-71-Q/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Nazarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimi SH. BOLTAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232-5-71-Q/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.