OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3.8-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-mayda hisobga olindi, hisob raqami 402]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3.8-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.8. Baland binolar yuqori bosimli yongʻin oʻchirish avtonasosi hamda balandligi kamida 50 m boʻlgan avtonarvon (tirsakli koʻtargich) bilan jihozlangan yongʻin-qutqaruv deposining xizmat koʻrsatish hududida joylashtiriladi.
Bunda yongʻin-qutqaruv deposidan baland binogacha boʻlgan masofa umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyicha hisoblangan eng qisqa harakatlanish marshruti asosida aniqlanadi hamda 3 000 m dan oshmasligi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-may,
01/2-19-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 30-aprel
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 29-aprel