22.05.2026 yildagi VII-19-46-8-120-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashining qarori, 22.05.2026 yildagi VII-19-46-8-120-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
22.05.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sho‘rchi tumanida 2026-yilgi sug‘orish davrida yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi sonining yildan-yilga ortib borayotgani, suv resurslariga bo‘lgan talabning oshishi hamda iqlim o‘zgarishi natijasida suv tanqisligining kuchayib borayotgani mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan respublikamizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan ushbu yo‘nalishda muhim vazifalar belgilab berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tumanda 2026-yil sug‘orish mavsumida mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotilishini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtiruvchilarga ajratiladigan suv hajmlarini cheklangan suv resurslaridan kelib chiqib belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sho‘rchi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 19-martdagi 01-569-sonli xati inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sho‘rchi tumanida 2026-yil sug‘orish davrida yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori O. Ismoilovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tumanda 2026-yil sug‘orish davrida yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari quyidagicha tasdiqlansin: Sho‘rchi tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan suv iste’molchilariga 2026-yil sug‘orish davri uchun ajratilgan suv limitlari 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (S. Saidahmedov) hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (O. Ismoilov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklangan suv limitlarini inobatga olgan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida ekin maydonlariga, ayniqsa takroriy ekin maydonlariga suvni kam talab qiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hududiga olinadigan suv resurslarini aniq hisobga olish hamda yer maydonlaridan kelib chiqib adolatli taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv iste’molchilari tomonidan limit asosida olingan suv resurslari hisobini yuritish va belgilangan tartibda soliq organlariga o‘z vaqtida taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (A. Qudratov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarga chiqqan holda suv iste’molchilari tomonidan suv resurslaridan samarali foydalanilishi yuzasidan deputatlik nazoratini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oy yakunlari bo‘yicha suv limitidan ortiqcha foydalangan iste’molchilarni komissiya yig‘ilishlariga jalb etish hamda ularning hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil davomida mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritishni nazoratga olish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman hokimligi matbuot xizmati (N. Shoyeva) hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (O. Ismoilov)ga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejash madaniyatini oshirish va “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (S. Saidahmedov) ,tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (O. Ismoilov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish esa Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (A. Qudratov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi SAIDOV IKRAM YAXSHIBOYEVICH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-19-46-8-120-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.