20.04.2026 yildagi VII-22-40-5-71-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karmana tumanida vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandida “Har yili 1-aprelga qadar vegetasiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 82-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli boʻlgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanishi hamda suv olish limitlari Karmana tumani suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga Karmana tumanida boʻlgan suv obektlaridan, manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha belgilash koʻrsatib oʻtilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga Karmana tumani ahamiyatiga ega boʻlgan suv obektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini belgilash nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash hamda xalq deputatlari Karmana tumani kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 30-mart DKQ 03-04/21-26-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori F.Xakimovning tuman boʻyicha 2025-yil vegetasiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklif hisoboti inobatga olinsin va ilovaga muvofiq tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Belgilab qoʻyilsinki, fermer xoʻjaliklari tomonidan ajratilgan suv limitidan ortiq foydalanilgan holatlarda, mazkur hajmlar boʻyicha qoʻshimcha qayta hisob-kitoblar amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (F.Xakimov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash,taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 28-apreldagi VII-8-56-5-71-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Joʻrayev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (S.Sattorov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi OSTONOV ZOHIDJON TOLIBOVICH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-22-40-5-71-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.