O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
QARORI
Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2560-3]
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-son “Yo‘l harakati sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 17-yanvardagi 22, 1, 1-son qarori (ro‘yxat raqami 2560, 2014-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasidan “O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-aprel,
3-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-aprel,
9271-son
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-mart,
17-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026 y., 10/26/2560-3/0422-son)