O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
QARORI
O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 22-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3281-5]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (ro‘yxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-mart,
10/9-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 30-martdagi 10/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “tijorat banklarida” degan so‘zlar “banklarda” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa jismoniy shaxslar foydasiga ularning O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo tusdagi pul o‘tkazmalari;”.
3. 9 va 12-bandlar, 2 va 3-boblarning nomi, 191-bandning to‘rtinchi xatboshisi, 32-bandning birinchi xatboshisi, 7-bobning nomi va 471-banddagi “Tijorat banklari” degan so‘zlar “Banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va banklar bevosita o‘zlari o‘rtasida, o‘z mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop va derivativ operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) bitimlarni tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida yoki valyuta birjasidagi savdolar bo‘yicha birjaning ichki qoidalari asosida amalga oshiradilar.”.
5. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 29-bandning birinchi xatboshisidagi “tijorat bankiga” degan so‘zlar “bankka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 15-bandda:
beshinchi xatboshidagi “operatsiyalari uchun;” degan so‘zlar “operatsiyalari uchun foydalanilishi mumkin.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 17-bandda:
o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n ikkinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin;
o‘n birinchi xatboshidagi “tijorat banklari” degan so‘zlar “banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 18-bandda:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 20-bandda:
uchinchi va yettinchi xatboshilardagi “nosavdo tusdagi o‘tkazmalar” degan so‘zlar “nosavdo tusdagi pul o‘tkazmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “ichki valyuta bozorida sotish” degan so‘zlar “ichki valyuta operatsiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 21-bandda:
uchinchi — beshinchi xatboshilardagi “tijorat banklari” degan so‘zlar “banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Banklarning o‘zaro va o‘z mijozlari bilan chet el valyutasini sotish va sotib olish, shu jumladan svop va derivativlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning “Valyuta operatsiyalari hisobini yuritish” axborot tizimi (FERUz)ga (bundan buyon matnda tizim deb yuritiladi) kiritiladi.”.
11. 23-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga muvofiq:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan nominal qiymati chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash va majburiyatlarni bajarish uchun zarur hajmdagi chet el valyutasini sotib olish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hujjatining nusxasi asosida;
chet ellik investor tomonidan fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan chet el valyutasidagi mablag‘larni, shuningdek, dividendlar, foizlar (kuponlar), obligatsiyalarni so‘ndirish yoki qimmatli qog‘ozlardan olingan boshqa daromadlarni repatriatsiya qilish uchun zarur hajmdagi chet el valyutasini sotib olish chet ellik investorning tegishli murojaati asosida amalga oshiriladi.”;
sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. 24-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtma mazkur Qoidalarning 23-bandiga muvofiq rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan taqdirda, mijoz tomonidan buyurtmaga texnik tuzatish kiritilishi mumkin.”;
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidan “va tasdiqlanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
13. 27 va 42-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “tijorat banki” degan so‘zlar “bank” degan so‘z bilan almashtirilsin.
14. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Banklar jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda tizimdan foydalanadilar.
Tizimdan foydalanish uchun banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarining joylashgan joyi (pochta manzili) ko‘rsatilgan holda Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga ma’lumot taqdim etadi.
Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi besh bank ish kuni mobaynida banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy bo‘limlari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga oladi va tizimga kiritish uchun tegishli ma’lumotni Markaziy bankka taqdim etadi.
Bunda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar besh bank ish kuni mobaynida Markaziy bank tomonidan tizimga kiritiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalari avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari (bankomatlar) orqali amalga oshirilganda tizimdan foydalanish talab etilmaydi.”.
15. 34-band, 45-bandning birinchi xatboshisi hamda 48-banddagi “tijorat banklari” degan so‘zlar “banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
16. 35-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklarida” degan so‘zlar “Banklarda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tijorat banklari” degan so‘zlar “Banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
17. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Banklar tomonidan mazkur Qoidalarning 37 va 38-bandlarida ko‘rsatilgan shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalarning qayta muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
18. 40-banddagi “tijorat bankining” degan so‘zlar “bankning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
19. 43-bandda:
birinchi xatboshidagi “tijorat banklari” degan so‘zlar “banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tijorat banki” degan so‘zlar “bank” degan so‘z bilan almashtirilsin.
20. 6-bobning nomidagi “valyutasini qabul qilish” degan so‘zlar “valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. 44-banddagi “tijorat banklarining” degan so‘zlar “banklarning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
22. 46-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Qoidalarning 45-bandi oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda naqd chet el valyutasi norezident jismoniy shaxs tomonidan mablag‘larning qonuniy yo‘l bilan topilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida ham bank tomonidan qabul qilinishi mumkin.”;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
23. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan to‘ldirilsin:
“461. O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasi mijozlarning hisobvaraqlaridan bank kassalari orqali quyidagi holatlarda berilishi mumkin:
jismoniy shaxslarga — hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida cheklovlarsiz;
yuridik shaxslarga — ularning ustav fondiga (ustav kapitaliga) jismoniy shaxslar tomonidan ilgari kiritilgan valyuta mablag‘larini qaytarish hamda xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq operatsiyalar uchun;
norezidentlarning vakolatxonalari, filiallari va doimiy muassasalariga — xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq operatsiyalar uchun;
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga — banklarga taqdim etiladigan rasmiy xat asosida aniq ko‘rsatilgan boshqa maqsadlar uchun;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chet el fuqarolariga — qo‘shilgan qiymat solig‘ini naqd pulda qaytarish uchun.”.
24. 47-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklari” degan so‘zlar “Banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tijorat banklari” degan so‘zlar “banklar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
25. 49-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklarining” va “tijorat banklariga” degan so‘zlar tegishli ravishda “Banklarning” va “banklarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tijorat banklariga” va “tijorat banklarining” degan so‘zlar tegishli ravishda “Banklarga” va “banklarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 10/26/3281-5/0408-son)