17.03.2026 yildagi 1873-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 17.03.2026 yildagi 1873-V-son
Kuchga kirish sanasi
17.03.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M.M. Xodjayevaga «Xalqparvar deputat» maqomini berish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yildagi faoliyati yakunlariga koʻra xalq manfaatlarini himoya qilishda faollik koʻrsatganligi, oʻz saylovchilari bilan doimiy muloqotda boʻlganligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda, oʻz saylov okrugidagi muammolarni bartaraf etishda deputat nazoratidan faol foydalanganligi inobatga olinib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasining Kengashi kiritgan taklifga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Moxira Mirzaxmadovna Xodjayevaga «Xalqparvar deputat» maqomi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati M.M. Xodjayevaga «Xalqparvar deputat» guvohnomasi hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga M.M. Xodjayevani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtadigan keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida koʻrsatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-mart,

1873-V-son