03.03.2026 yildagi VII-29-35-12-170-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining qarori, 03.03.2026 yildagi VII-29-35-12-170-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
05.03.2026
Hujjat 05.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilda Bogʻot tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-xatboshi “V”-bandida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2026-yil uchun Bogʻot tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno)realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari M.Bekchanov, tuman soliq inspeksiyasi (S.Axmedov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya - iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (M.Bekchanov) hamda nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi (B.Saparov) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi ROʻZMATOV KAMOL BALTABOYEVICH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati, Bogʻot tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-29-35-12-170-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.