13.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3603-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 13.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3603-2
Kuchga kirish sanasi
16.02.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3603-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 210-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 20-son qarori (roʻyxat raqami 3603, 2025-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 10/25/3603/0082-son) bilan tasdiqlangan Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandiga asosan mijozlar tibbiyot muassasasiga toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash shartlarida qabul qilinadi. Haq toʻlash bank shoxobchasi yoki tibbiyot muassasalarining nazorat-kassa (terminal) apparatlari qoʻllangan va qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadigan blankalardan foydalangan holda, shuningdek, elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanadi. Mijoz naqd pul yoki bank plastik kartasi orqali toʻlovni toʻlagan taqdirda, bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasini yoki kassir tomonidan mijozning haq toʻlaganligini tasdiqlovchi toʻlov qogʻozini roʻyxatga olish boʻlimiga topshiradi, kassa izi tushirilgan chek mijozning oʻzida qoladi, elektron toʻlovda esa fiskal belgili chek taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda (davolash xarajatlari tibbiy sugʻurta jamgʻarmasidan yoki xodimning ish joyidan toʻlab beriladigan va boshqa holatlarda) tibbiy xizmat uchun toʻlovlarni toʻlash muddatlari davolash-profilaktika muassasasi va davolanuvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
328-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8718-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/3603-2/0142-son)