Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3494-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-son “Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 27-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494, 2024-yil 1-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/3494/0090-son) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-yanvar,
22-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi X. BATIROV
2026-yil 9-yanvar
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 24-dekabr
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH. XIDOYATOV
2025-yil 20-dekabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 19-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2025-yil 18-dekabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2025-yil 16-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 16-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 5-bandning ikkinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi ““A” toifa” degan soʻzlar ““A” va “A1” toifalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovaning nomi, 4-ilovaning 1-bobi nomi va 1-bandidagi ““A” toifa” degan soʻzlar ““A” va “A1” toifalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026 y., 10/26/3494-1/0080-son)