XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tuproqqalʼa tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27-, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-16-151-12-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Xorazm viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 04-7-09/14129-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-16-151-12-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Tuproqqalʼa tuman budjetining 2026-yilgi daromadlari 70 976 164,00 ming.soʻm va xarajatlari esa 70 976 164,00 ming.soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Tuproqqalʼa tuman budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 481 000,00 ming.soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 864 601,00 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi tahminlansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (S.Sultonov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B.Atabayev), tuman soliq inspektsiyasi (S.Ruzimova) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini tahminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini tahminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda mahlumotlarni joylashtirib borilishini tahminlasinlar.
7. Mazkur qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi I.Qalandarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi JIMALYAZOV AKMAL ORTIQOVICH
Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-17-139-12-218-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.