XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Andijon viloyatida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflarini qayta koʻrib chiqish va maʼqullash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4845-son qarori 4-bandi, 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni, viloyat hokimligining 2025-yil 11-avgustdagi bildirgisi, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-avgustdagi 01/08-15-/1649-sonli xulosasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasining 2025-yil 7-avgustdagi 729-sonli xatiga asosan hamda hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi I.Mirzayevning Andijon viloyati hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish hamda qabul qilish va saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari yuzasidan taqdimoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligi viloyat boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining viloyat hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari yuzasidan berilgan takliflari inobatga olinsin.
3. Andijon viloyati hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi (A.Ikramov) shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish choralarini koʻrib borsin.
5. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi (I.Mirzayev) tuman va shahar hokimliklari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
bir oy muddatda hududlar, binolar va inshootlar ning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning talablarini oʻrganib chiqib, qoʻshimcha qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari joylashtirilishini;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritish ishlarini yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Viloyat hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (R.Eshonov) ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilsin hamda viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X.Omanov), ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari D.Karimov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari (U.Joʻrayev) zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror 2025-yil 1-sentyabr (tadbirkorlik subyektlari uchun 2025-yil 1-dekabr) kunidan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Andijon viloyati,
2025-yil 29-avgust,
VII-12-217-1-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.