07.07.2025 yildagi 1057-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 07.07.2025 yildagi 1057-V-son
Kuchga kirish sanasi
07.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga hamda qonunchilikda belgilangan vakolatlarga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita qonun ijodkorligi faoliyati yoʻnalishida jami 10 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan. Qonun loyihalarining 8 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari tomonidan ishlab chiqilgan 2 ta qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 10 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ulardan 8 tasi davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishga, 1 tasi qonunlarning ijro etilishi holatini oʻrganishga, 1 tasi Qonunchilik palatasi qarorining ijrosini monitoring qilishga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 209 ta murojaat koʻrib chiqilgan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fuqarolar bergan 25 ta taklif alohida oʻrganilib, takliflari asosli deb topilgan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan hamda minnatdorlik bildirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlarini va Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda tushuntirib borish boʻyicha jami 13 ta tashkiliy-amaliy tadbir oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 995 marotaba chiqish qilingan hamda qonun ijodkorligiga va qoʻmita faoliyatiga oid materiallarning muntazam yoritib borilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham mavjudligini, ularga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Qoʻmitaning qonunlarning joylarda ijro etilishi holatini oʻrganishga doir ishlarni yanada jonlantirishga, qonunlarning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga doir tashabbuskorligini kuchaytirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolarini kengroq jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining 2024-yil 18 — 20-noyabrda boʻlib oʻtgan majlislaridagi nutqlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Harakatlar dasturida Qoʻmita masʼul etib belgilangan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish hamda kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni qonun loyihalarini maromiga yetkazishda inobatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini monitoring qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolarining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish jarayonlarida Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, ekspertlar va ilmiy hamjamiyat vakillari bilan maslahatlashishni, ularning salohiyati va ilmiy ishlanmalaridan keng foydalanish amaliyotini yangi bosqichga olib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
«Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1057-V-son