18.07.2025 yildagi 204-4-60-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi “Hududlarda kooperatsiyalar tashkil etish orqali aholining daromad olish manbalarini ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 414-son qarori hamda viloyat hokimining 2025-yil 11-iyuldagi 357-4-0-Q/25-sonli qarori ijrosi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi “Hududlarda kooperatsiyalar tashkil etish orqali aholining daromad olish manbalarini ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 414-son qarori hamda viloyat hokimining 2025-yil 11-iyuldagi 357-4-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi “Hududlarda kooperatsiyalar tashkil etish orqali aholining daromad olish manbalarini ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 414-son qarori hamda viloyat hokimining 2025-yil 11-iyuldagi 357-4-0-Q/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandiga ko'ra, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Turonbank” ATB va “Aloqabank” ATB ning (keyingi o'rinlarda tijorat banklari) 2025-yilda kamida 30 ta tumanda yetakchi tadbirkorlik subyektlariga dehqon xo'jaliklari yer maydonlari hamda aholi tomorqalarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini (baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik yo'nalishlari) kooperatsiya asosida ishlab chiqarish (yetishtirish), mahsulotlarni xarid qilish uchun ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq 500 milliard soʼm kredit ajratish to'g'risidagi taklifi maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandiga ko'ra, quyidagilar mahallalarda kooperatsiya tizimini tashkil etish orqali aholining daromad olish manbalarini ko'paytirish va ishsizlikni bartaraf etishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarning ixtisoslashuv yo'nalishlarini kengaytirishga doir yangi loyihalarni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining doimiy daromad olish manbalarini yanada ko'paytirish, o'zini o'zi band qilib ishlashini kengaytirish choralarini ko'rishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan tashabbuskorlarni biznes asoslariga o'rgatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tomorqa va dehqon xo'jaliklariga qarashli yerlardan samarali foydalanish, daromadliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xomashyo bilan imtiyozli kreditlar asosida taʼminlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) mahsulotlarni sotishga ko'maklashish jarayonlarini tashkil etish uchun kooperatsiya asosida tadbirkorlik subyektlarini biriktirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʼmaklashish va faoliyatni monitoring qilib borish, yetishtiriladigan mahsulotning (ko'rsatiladigan xizmatning) bozorini topishda yordam berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilanganligi bo'yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kooperatsiya faoliyatida mahallalar ixtisoslashuviga mos bo'lgan, xonadonlarni kooperatsiya asosida yuqori darajada qamrab oladigan, tegishli mahallalarda o'z biznesini rivojlantirish dasturiga ega bo'lgan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kooperatsiya asosida aholining daromad olish manbaini oshirish uchun kooperatsiya tashkil etadigan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari uchun foiz xarajatlari bir qismining qoplab berilishi nazarda tutilishi. Bunda "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg'armasi hisobidan O'zbekistan Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard soʼmgacha ajratiladigan kreditlar bo'yicha hudud toifasidan kelib chiqib, asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kichik va o'rta tadbirkorlik subyektiga ishsiz yoki daromad olish manbaini ko'paytirish istagida bo'lgan fuqarolar bilan tuzilgan kooperatsiya shartnomalari bo' yicha quyidagicha miqdorlarda kredit ajratilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 tagacha shartnoma tuzadigan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga 1 milliard so'mgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 tadan 100 tagacha shartnoma tuzadigan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga 3 milliard so'mgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101 tadan ortiq shartnoma tuzadigan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga 5 milliard soʼmgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir nafar fuqaro bilan bitta kooperatsiya shartnomasi tuzilishi hamda ishsiz fuqarolar belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti, dehqon xo'jaligi yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi lozimligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kredit summasining 50 foizi miqdorigacha umumiy tartib asosida kafillik berilishi; kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib olish yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi to'lash sharti belgilanishi inobatga olinsin va ijroga qaratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshlig'i (H.Nazarov), tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʻlimi boshlig'i (Sh.Avazov), tumandagi barcha tijorat banklari bilan birgalikda, mahallalardagi aholining turmush sharoiti, xohish-istagi va imkoniyatlarini o'rgansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.Bunda har bir mahallada aholining shakllangan mehnat ko'nikmasidan kelib chiqib, samarali hisoblangan parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilik kabi yo'nalishlarga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan fuqarolarni kooperatsiya tashkil etadigan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlari bilan bog'lash orqali o'z biznesini yo'lga qo'yishiga ko'maklashish choralarini ko'rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda kooperatsiya tashkil etgan kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlariga aholidan sotib olingan mahsulotlar qulay narxlarda hamda qisqa fursatda sotilishiga ko'maklashish maqsadida tuman markaziy bozori hududidan joy ajratilishini ta'minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.Tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i (A.Yusupov) O'zbekiston savdo- sanoat palatasi tuman boʻlimi boshlig'i (V.Ismoilov) birgalikda kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining kooperatsiya asosida faoliyat yuritishi bo'yicha doimiy monitoring olib borsin hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ta'sirchan choralarni ko'rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o'rinbosari (H.Nazarov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204-4-60-Q/25-son