06.04.2006 yildagi O‘RQ-31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston RespublikasI qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TARTIB-TAOMILLARI SODDALASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2005-yil 13-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi 1006–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-modda ikkinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisi “va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisidagi “shuningdek oziq-ovqat mahsulotini hamda bunday mahsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 10-moddaning uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart” degan soʻzlar “Oʻzstandart” agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini taʼminlaydi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi 267–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 130-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) 1-moddasining uchinchi xatboshisidagi “sertifikatlangan (reproduksion) urugʻliklar” degan soʻzlar “reproduksion urugʻliklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari beradigan gigiyena sertifikati asosida” degan soʻzlar “gigiyena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi 766–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda) 21-moddasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “hamda qonun hujjatlariga binoan mazkur talablarga muvofiqlikka doir majburiy sertifikatlashtirishdan oʻtkazilishi zarur” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir yoʻl transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vositalari va mexanizmlarni, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi—toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi—oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 818–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 215-modda) 12-moddasi “talablariga mos boʻlishi hamda” degan soʻzlardan keyin “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 10-moddasidagi “barcha” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi 830–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 227-modda) 10-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ–31-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 03/19/521/2627-son, 19.07.2019-y., 03/19/549/3446-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 20.01.2024-y., 03/24/900/0053-son; 28.11.2024-y., 03/24/1006/0978-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)