O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“KREDIT UYuShMALARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2005-yil 27-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda ma’qullangan
2005-yil 27-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi 355-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 65-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit uyushmasi kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir”;
2) 4-moddaning uchinchi qismi:
birinchi xatboshisi “litsenziya berilishi uchun” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joylashgan yeri (pochta manzili) ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza”;
3) 5-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma ravishda yuboriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n kun muddatda amalga oshiriladi. Kredit uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan hisoblanadi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
4) 6-moddaning:
birinchi qismidagi “moliyaviy operatsiyalar” degan so‘zlar “moliyaviy va kassa operatsiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
kredit uyushmalarining hisoboti va boshqa hujjatlarini tekshiradi;
kredit uyushmalarining faoliyati to‘g‘risida axborot oladi;
kredit uyushmalarining faoliyatini tekshiradi;
kredit uyushmasining faoliyatini auditdan o‘tkazishga doir talablarni belgilaydi;
kredit uyushmalariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
ijro etuvchi organ rahbarlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
moliyaviy operatsiyalar o‘tkazilishini olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi, shuningdek filiallar tuzishni ham shuncha muddatga taqiqlab qo‘yadi;
kredit uyushmasi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi”;
5) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“o‘z a’zolari bilan lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
o‘z faoliyatini muvofiqlashtirib borish, a’zolarining manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadlarida uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda filiallar tuzish”;
6) 11-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan qoidalariga rioya qilishga”;
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi “e’lon qilish va” degan so‘zlardan keyin “o‘z vaqtida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 19-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi “shuningdek to‘lov miqdorlari va muddatlarini belgilaydi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “kredit qo‘mitasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 21-moddaning beshinchi qismi:
oltinchi xatboshisi “organni” degan so‘zdan keyin “hamda kredit qo‘mitasini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“kredit uyushmasining bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
kredit uyushmasining filiallarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) 22-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro etuvchi organ rahbari va xodimlari kredit uyushmasi bilan mehnat shartnomasi tuzadilar. Kredit uyushmasi nomidan kredit uyushmasi va ijro etuvchi organ rahbari o‘rtasidagi mehnat shartnomasini kengash raisi imzolaydi. Kredit uyushmasi nomidan mehnat shartnomalarini ijro etuvchi organ rahbari imzolaydi”;
10) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “a’zolarining umumiy yig‘ilishi” va “boshqa organlarining” degan so‘zlar tegishincha “kengashi” hamda “kengashi va taftish komissiyasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 25-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit, shuningdek kredit uyushmasi a’zosi bo‘lmagan shaxslarning kafilligi yoki kafolat bilan ta’minlanishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
O‘RQ-29-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 111-modda)