Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning 2005-yil 26-avgustda Qozon shahrida imzolangan gumanitar hamkorlik haqidagi Bitimi;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning 2005-yil 26-avgustda Qozon shahrida imzolangan kelishilgan chegara siyosati Konsepsiyasi toʻgʻrisidagi qarori;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning 2005-yil 26-avgustda Qozon shahrida imzolangan terrorizm va ekstremizmning boshqa zoʻravonlik koʻrinishlariga qarshi kurashda hamkorlik qilish Konsepsiyasi haqidagi qarori;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning 2005-yil 26-avgustda Qozon shahrida imzolangan 2005—2007-yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zoʻravonlik koʻrinishlariga qarshi kurashda hamkorlik qilish Dasturi haqidagi qarori;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-mart,
PQ-306-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 103-modda)