Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020 13.03.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1552
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 13.03.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1552
Kuchga kirish sanasi
23.03.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020
Hujjat 13.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI avtomatlashtirilgan bank tizimlarida AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(Qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1552-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi nizom loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaziy bank Boshqaruvining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim meʼyoriy hujjatlarini tasdiqlash va bekor qilish haqida”gi 1998-yil 25-iyuldagi 13/13-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 412-sonli “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi (1998-yil 30-oktabr, roʻyxat raqami 515), 413-sonli “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida Hisob-kitob kassa markazlaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi (1998-yil 30-oktabr, roʻyxat raqami 516) nizomlar hamda Markaziy bank Boshqaruvining “Axborot muhofazasiga tegishli meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 25-dekabrdagi 22/16-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 412-1-sonli qoʻshimcha kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 17-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1/8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy banki Boshqaruvi
tomonidan 2006-yil 17-yanvardagi
1/8-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining avtomatlashtirilgan bank tizimlarida ishlov beriladigan hujjatlardagi maʼlumotlarni muhofaza qilishning umumiy tartibi va tijorat banklari faoliyatida avtomatlashtirilgan bank tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari hamda masʼul xodimlarning javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari mazkur Nizom talablari asosida, oʻz xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki tartiblarini ishlab chiqishi mumkin. Ushbu ichki tartiblarda mazkur Nizomda belgilangan meʼyorlarga zid qoidalar belgilanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tijorat banklarida elektron toʻlov tizimi axborotlarini muhofaza qilishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklarida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(II boʻlimga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) muvofiq 3-band kiritildi — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tijorat banklarining rahbarlari, bosh buxgalteri bank balansida va elektron toʻlovlar tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov hujjatlarida aks ettirilgan maʼlumotlarning but saqlanishi, shuningdek maʼlumotlarning oʻzgartirishsiz, toʻgʻri uzatilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklari rahbarlari oʻz bank filiallarida bank sirini himoyalash boʻyicha, Lokal tarmoq administratori, Axborot muhofazasi, shuningdek antivirus ishlarini yuritish uchun javobgar xodimlarni tayinlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklarining rahbarlari elektron toʻlovlarni tayyorlovchi xodim (keyingi oʻrinlarda masʼul xodim) bilan amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shartnoma tuzishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul xodim toʻlov tizimiga kiritayotgan maʼlumotlarning toʻgʻri, aniq va qonuniy kiritganligi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir masʼul xodim, boʻlim boshliqlari, bosh buxgalter oʻrinbosarlarining xonalariga oʻrnatilgan ishchi stansiyalarga kirish parollar orqali amalga oshirilib, bank telekommunikatsiya tarmogʻida ishlash vakolatiga ega boʻlgan xodimlarning ishchi stansiyalari mazkur tarmoqqa ulanishga ruxsat beruvchi apparat — dasturiy qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh banklarning Toʻlov markazidagi kompyuter va serverlariga bankning umumiy lokal tarmogʻiga ulangan ishchi stansiyalarning kirish (koʻrish) imkoniyati boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Barcha toʻlov hujjatlari alohida xonada joylashgan va lokal tarmoq orqali ulangan printerda qogʻozga chop etilishi va belgilangan tartibda imzolar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Har bir Bosh bank va elektron toʻlovlar bazasi bor filiallar bank amaliyot kunini tashkil etish hamda elektron toʻlovlar tizimi orqali filiallararo va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha tuzilma tashkil etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Elektron toʻlov tizimida ishlayotgan Bosh banklar har bir filialdan oʻtadigan toʻlov hujjatlarini elektron imzo bilan tasdiqlanishini apparat-dasturiy qurilmalar yordamida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron toʻlovlar tijorat banklarida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fayl koʻrinishida (off-line). Bank filialining bosh buxgalteri masʼul xodimlar kiritgan maʼlumotlarni tekshirib va uni oʻziga biriktirilgan elektron raqamli imzoning yopiq kaliti bilan tasdiqlaydi va Bosh bank Toʻlov markaziga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov markaziga kelib tushgan elektron hujjatning elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlash uchun tekshiriladi, elektron raqamli imzo tasdiqlansa, elektron hujjat ishlov berish uchun qabul qilinadi. Agar elektron raqamli imzo tasdiqlanmasa, elektron hujjat ishlov berishga qabul qilinmaydi. Elektron hujjatni hosil qilgan filialga elektron hujjatni qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi. Qabul qilingan maʼlumot ishlov berilib, Toʻlov markazining tegishli elektron raqamli imzosining yopiq kaliti bilan tasdiqlanib, filialga joʻnatiladi. Agar elektron hujjat banklararo toʻlov boʻlsa, Bosh bankning Toʻlov markazi oʻz elektron raqamli imzosining yopiq kaliti bilan tasdiqlab, Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh Markazi “Hisob-kitoblar markazi” (keyingi oʻrinlarda ABM HKM)ga joʻnatadi. Uzatilgan elektron hujjatning elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlash uchun tekshiriladi, Bosh bankning elektron raqamli imzosi tasdiqlansa, ABM HKM tomonidan elektron hujjat qayta ishlanishiga ruxsat beriladi. Agar Bosh bankning elektron raqamli imzosi tasdiqlanmasa, tasdiqlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Bosh bankka yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot Bank amaliyot kuni dasturida avtomat tarzda shifratsiya jarayonidan oʻtishi va mazkur bankning Toʻlov markaziga joʻnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aniq vaqtda (on-line). Tijorat banki filialining har bir masʼul xodimi hujjatning asl nusxasidan maket asosida maʼlumotlarni Toʻlov markazi serveriga kiritadi va oʻziga biriktirilgan elektron raqamli imzoning yopiq kaliti bilan tasdiqlaydi, soʻng kiritilgan jadvaldagi elektron toʻlov maʼlumotlarini bosh buxgalter tekshirib, toʻlovni amalga oshirishga ruxsat beradi. Elektron hujjatning elektron raqamli imzosi haqiqiyligi tekshirilib, ishlov berishga olinadi. Ishlov berish natijasida toʻlov maʼlumoti shu bankka tegishli boʻlsa, oʻsha filialga tegishli hisobvaraqda aks ettiriladi. Agar elektron raqamli imzo tasdiqlanmasa, elektron hujjat qayta ishlanishga qabul qilinmaydi. Elektron hujjatni hosil qilgan filialga elektron hujjatni qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi. Banklararo toʻlov maʼlumoti esa ABM HKMga Bosh bank Toʻlov markazining elektron raqamli imzosining yopiq kaliti bilan tasdiqlanib, uzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tijorat banklari filiallari bilan Bosh bank Toʻlov markazi orasidagi, Bosh bank bilan Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh Markazi orasidagi aloqa tarmoqlari buzilganda axborot quyidagi usullarda uzatilishi va qabul qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat banki filiali Bosh bankning Toʻlov markazini yozma ravishda kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlashi haqida ogohlantiradi, soʻngra kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali axborot almashinuvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlash imkoni boʻlmaganda tijorat bank filiali oʻzining viloyat boshqarmasidan, yoki bank tizimiga tegishli boʻlgan boshqa bank boʻlimi orqali tegishli sozlash ishlarini amalga oshirgan holda oʻz identifikatori bilan axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Bosh bank bilan ABM orasidagi aloqa tarmoqlari buzilganda Bosh bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentidan yozma ravishda ruxsat soʻraydi, soʻngra oʻz tizimiga tegishli boʻlgan bank boʻlimi orqali kerakli sozlash ishlarini amalga oshirib, ABM bilan axborot almashinuvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh bank bilan uning filiallari orasidagi, Bosh bank bilan ABM orasidagi aloqa tarmoqlari yoki elektr manbai buzilganda, axborot almashinuvini tijorat banklari tashqi saqlovchi vositalar yordamida quyidagicha uzatishi va qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bosh bank Toʻlov markazi bilan uning filiallari yoki ABM bilan Bosh bank elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vositalar yordamida almashuvini amalga oshirish uchun, almashuv tashabbuskori (uzatuvchi bank yoki filial) boʻlgan filial yoki Bosh bank tomonidan elektron hujjatni qabul qiluvchi Bosh bank toʻlov markazi yoki ABM boshligʻi nomiga tashabbuskor bank rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan xat yuboriladi. Xatda sana, elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vosita orqali oʻtkazilishining sababi, elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vosita orqali uzatuvchi xodimning ismi, sharifi va lavozimini koʻrsatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vosita orqali uzatishga tayyorlashda, kamida ikkita tashqi saqlovchi vosita — asosiy va qoʻshimcha tashqi saqlovchi vositalar tayyorlanishi zarur va quyidagilarga rioya qilish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vositani formatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzatishga moʻljallangan fayllarning nomi 8.3 formatda (8 bayt — fayl nomining uzunligi, 3 bayt — fayl kengaytmasining uzunligi) boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjat tashqi saqlovchi vositaga Bank amaliyoti dasturi orqali koʻchiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vositada, uzatishga moʻljallanmagan elektron hujjatlar boʻlmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vositadagi elektron hujjat “virus” yoʻqligiga eng soʻnggi bazaga ega Antivirus dasturi orqali tekshirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) har bir tashqi saqlovchi vositaga ikkitadan maʼlumotnoma ilova qilinishi kerak boʻlib, ularda: tashqi saqlovchi vositaning taqqoslash raqami, yaʼni muvofiq tashqi saqlovchi vositaga qoʻyilgan raqam bilan mos tushadigan raqam, uzatishga moʻljallangan barcha fayllarning nomi, hajmi, fayllar yaratilgan sana va vaqti, maʼlumotnomaning olingan vaqti va kunini, ijro etuvchining, yaʼni maʼlumotnoma olgan xodimning ismi sharifi va lavozimi koʻrsatilgan boʻlishi kerak (maʼlumotning shakli ilovada keltirilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) maʼlumotnomalarga javobgar shaxs va ijro etuvchi tomonidan imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Tijorat banki filiali tomonidan Bosh bank Toʻlov markaziga, Bosh bank Toʻlov markazi tomonidan ABM ga elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada bosh buxgalter, bosh buxgalter yordamchisi yoki vakolatli boshqa xodim yetkazuvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada qabul qilib oluvchi Bosh bank yoki ABM xodimi quyidagilarni bajarishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatning mavjudligini va uning toʻgʻri tuzilganligini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnomalarning mavjudligini va ularda zarur boʻlgan rekvizitlarning qayd qilinganligini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vositani “virus” yoʻqligiga eng soʻnggi bazaga ega Antivirus dasturi orqali tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vositadan oʻz dasturi orqali ikki nusxada maʼlumotnoma olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi olgan maʼlumotnomalarni tashqi saqlovchi vosita bilan birga keltirgan maʼlumotnomalarga solishtirib koʻrishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotnomalar bir-biriga mos kelishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida keltirilgan shartlar toʻliq bajarilmasa, tashqi saqlovchi vositadagi elektron hujjat qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh bank yoki ABMning elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada qabul qilib oluvchi xodimi quyidagilarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vositadan elektron hujjatni kompyuterga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkita maʼlumotnomaga imzo qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vosita bilan birga taqdim etilgan maʼlumotnomalarning birini tashqi saqlovchi vosita bilan qoʻshib qaytarib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vosita orqali qabul qilib olingan elektron hujjatni belgilangan tartibda joʻnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vosita bilan keltirilgan maʼlumotnomani maxsus papkaga tikib qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus daftarga, elektron hujjatning tashqi saqlovchi vosita orqali qabul qilinganligini yozib qoʻyadi. Shu bilan birga daftarga elektron hujjatning qabul qilingan sanasi, vaqti, qabul qilingan fayllarning nomi va hajmi, elektron hujjat uzatuvchisining rekvizitlarini kiritib boradi. Tashqi saqlovchi vosita orqali elektron hujjatni qabul qilgan xodim maxsus daftarga oʻz imzosini qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi saqlovchi vosita orqali qabul qilingan elektron hujjatlarni belgilangan joyga toʻgʻri uzatilishini nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada qabul qilib oluvchi Bosh bank yoki ABM xodimi, oʻrnatilgan qoidalarga asosan qabul qilingan elektron hujjatning xatoligiga javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh bank yoki ABM ning elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositalar orqali uzatuvchi xodimi, uzatish qoidalarining barchasiga rioya qilgani holda, tashqi saqlovchi vositaning holatiga va vujudga kelgan yaroqsiz joylariga javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Elektron toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni yuborish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar natijasida tijorat banki moddiy zarar koʻrgan taqdirda, aybdor shaxslar qonunchilikda koʻzda tutilgan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xodim elektron toʻlov tizimi orqali mijozlarning hisobvaraqlaridan yoki bankning ichki xisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarmasdan elektron toʻlov hujjatlari orqali joʻnatganligi natijasida tijorat bankiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Etkazilgan zararni aniqlash maqsadida zarur hollarda hayʼat tuziladi va tijorat banklarining elektron arxiv hujjatlari batafsil tekshirib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hayʼat tarkibiga Markaziy bankning vakolatli xodimlari, tijorat banki bosh buxgalteri va boshqa tegishli xodimlari kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Elektron pochta va internetdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bank tomonidan “Bank siri”ni tashkil etuvchi maʼlumotlar elektron pochta orqali yuborilganda, maʼlumotlar shifrlanishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi shart. Bank faoliyatiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarning elektron pochta orqali uzatilishi qatʼiyan man etiladi. Bunga yoʻl qoʻygan shaxslar qonunda koʻzda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bank tomonidan elektron pochta orqali joʻnatilayotgan har bir elektron maʼlumot “virus” yoʻqligiga eng soʻnggi bazaga ega Antivirus dasturi orqali tekshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Internet tarmogʻiga ega boʻlgan Bosh banklar va filiallari oʻzlarining toʻlov tizimiga bogʻlangan ishchi stansiyalari, serverlari, xavfsizlik majmualarini internet tarmogʻiga ulashlari man etiladi. Internet provayderlari bilan bankning ajratilgan ishchi stansiyalari alohida kanal orqali ulanishini amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank internetdan foydalanish ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishi va ruxsat berilgan foydalanuvchilarning internetdan foydalanishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Favqulotda holatlarda toʻlov tizimini ishlatish va zaxirali nusxalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bank elektron toʻlov tizimiga tegishli boʻlgan barcha maʼlumotlarni arxivga olish Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga asosan amalga oshiriladi. Toʻlov tizimi kompyuter va jihozlarining ishdan chiqishi holatlari yuz berganda, toʻlov tizimining betoʻxtov ishlashini taʼminlash uchun tijorat banklari Zaxira tiklanish rejasi, dastur va uskunalarga ega boʻlishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bosh bank Toʻlov markazidagi tizimning ishonchliligini oshirish uchun RAID texnologiyalari asosida disklardagi maʼlumotlar takrorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bosh bank Toʻlov markazidagi tizimni favqulotda holat (yongʻin, zilzila, suv toshqini va boshqa) lardan himoya qilish uchun 5 km dan kam boʻlmagan masofada Toʻlov markazining zaxira markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Zaxira markazi bankning filiallarida, boshqa bankda, tashkilotda yoki alohida ajratilgan binoda tashkil etilishi mumkin. Zaxira markazi xisoblash texnikasi majmuasi bilan toʻliq taʼminlanishi lozim. Asosiy tarmoqda ishlatilayotgan dastur va maʼlumotlarning zaxira nusxalari zaxira markazda saqlanishi lozim. Bu esa tizimning tez qayta tiklanishini taʼminlaydi. Zaxira markazida maʼlumotlarni tiklab turish davriyligi kuniga bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Har bir bankda favqulotda holatlarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi boʻlishi shart. Chora-tadbirlar rejasi bir necha turli darajalar, shu jumladan oxirgi foydalanuvchi, tarmoq va bank (filiallar, boʻlinmalar yoki bankning oʻzini toʻliqligicha olingan holda) uchun ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oxirgi foydalanuvchi uchun reja. Favqulotda holatlarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasida oxirgi foydalanuvchi uchun hujjatlarni qayta tiklash va himoya qilish, foydalanuvchi javobgar boʻlgan majmualarni himoya qilish, shuningdek tarmoqning normal tarzda ishlashi toʻxtab qolgan yoki buzilgan hollarda oʻtkaziladigan chora-tadbirlarga doir yoʻriqnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tarmoq uchun reja. Favqulotda holatlar rejasida tarmoq qurilmalarida boʻladigan buzilishlar va oxirgi foydalanuvchining imkoniyatiga qarab tarmoqdagi buzilishlarga xizmat koʻrsatish. Bu rejaga bir qancha xodimlarning lavozim majburiyatlari, tizim ishlashini qayta tiklash boʻyicha chora-tadbirlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bank uchun reja. Bankning Favqulotda holatlarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga korporativ maʼlumotlar boʻyicha xizmat koʻrsatish va ularni himoyalash chora-tadbirlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Elektr bilan taʼminlash buzilganda ish uzluksizligini taʼminlash uchun banklar serverlarini va zarur boʻlgan ishchi stansiyalarini energiya bilan taʼminlovchi vosita — UPS bilan taʼminlanishi lozim. Bundan tashqari, bank uzluksiz ishlashi uchun kamida bir sutkaga yetadigan yoqilgʻi zapasiga ega boʻlgan dizelgeneratorlar bilan ham taʼminlanishi lozim. Bankda elektr bilan taʼminlash boʻlmaganda 10 minutdan soʻng dizelgeneratorlar avtomat ravishda ishga tushishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Nizom talablari ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bosh bank Axborotni muhofaza qilish boʻlimi xodimlari (shuʼba, javobgar xodim) oʻz banklarida mazkur Nizom talablarining bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borishlari lozim. Davriy oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti tomonidan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallar asosida, tijorat banklarida ushbu Nizom talablarini bajarilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkaziladi.
(nizomning 3—29-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) muvofiq 4—30-bandlar deb hisoblansin — OʻR QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat
banklari elektron tizimlarida
axborotni muhofaza qilish
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh Markaziga Bosh bankdan yoki Bosh bankga filiali tomonidan tashqi saqlovchi vositada taqdim etuvchi fayllar roʻyxati haqida maʼlumot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Faylning nomi‎ ‎

Faylning hajmi ‎ ‎ ‎

Yaratilish vaqti‎ ‎

Yaratilish sanasi‎





‎‎Tashqi saqlovchi vositaning belgisi: ‎‎‎


‎___________

‎___________ ‎
‎(vaqti, sanasi) ‎ ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 89-modda, 2006-y., 31-32-son, 324-modda; 2010-y., 49-son, 463-modda)