Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.03.2006 yildagi PQ-300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 06.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

ULGURJI SAVDO KORXONALARI UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga muvofiq hamda isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 1-2 ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi va respublika ulgurji baza-kontoralarini shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Ulgurji savdo korxonalari uyushmasining taʼsis yigʻilishi oʻtkazilishini, Taʼsis shartnomasi va Uyushma Nizomi tayyorlanishi va qabul qilinishi tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini tashkil qilish va ularning amaliy faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarining hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarini shakllantirishda, shuningdek, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yordam koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari va “Savdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etish nazorat qilinishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, shuningdek ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur baza-kontoralari, ularning hududiy bazalari, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar topshirish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy bazalar va viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari oʻrtasida ulgurji savdoni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 25-uydagi tugatilayotgan “Oʻzbeksavdo” AK binosiga joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–300-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 74-modda; 2011-y., 12-13-son, 115-modda, 22-23-son, 221-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; 2016-y., 38-son, 442-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda)