Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisida 2000-yil 10-oktabrdagi shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisida bayonnomani (Sankt-Peterburg, 2006-yil 25-yanvar) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 9-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan
2006-yil 25-fevralda maʼqullangan
2006-yil 9-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan
2006-yil 25-fevralda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisida 2000-yil 10-oktabrdagi Shartnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisida Bayonnoma (Sankt-Peterburg, 2006-yil 25-yanvar) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-mart,
OʻRQ-22-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 70-modda)