Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI SHAKLLANTIRISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH UCHUN MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda “Roʻyxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar:
tegishli axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga keyinchalik Roʻyxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari boʻyicha axborot kiritsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zaruriyatga koʻra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-fevral,
27-son
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
| | | |
|
T/r |
Davlat axborot resurslari nomi |
Masʼul davlat organlari |
| 1. | Sugʻurta qiluvchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Moliya vazirligi |
|
1-1. |
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestri | |
| 1-2. | Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestri | |
| 1-3. | Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestri | Adliya vazirligi |
| 3. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri | |
| 3-1. | Nodavlat notijorat tashkilotlari reyestri | |
| 3-2. | Diniy tashkilotlar reyestri | |
| 3-3. | Davlat notarial idoralari reyestri | |
| 3-4. | Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalari reyestri | |
| 3-5. | Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri | |
| 3-6. | FHDY organlari | |
| 4. | Soliq toʻlovchilar – yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestri | Davlat soliq qoʻmitasi |
|
4-1. |
Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri |
|
|
4-2. |
Soliq deklaratsiyalari reyestri | |
|
4-3. |
Moliya va soliq hisoboti reyestri | |
| 5. | Ixtirolar davlat reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi |
| 6. | Foydali modellar davlat reyestri | |
| 7. | Sanoat namunalari davlat reyestri | |
| 8. | Oʻsimliklar navlari davlat reyestri | |
| 9. | Hayvonlarning zotlari davlat reyestri | |
| 10. | Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri | |
| 11. | Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri | |
| 12. | Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri | |
| 13. | Maʼlumotlar bazasi davlat reyestri | |
| 14. | Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri | |
| 15. | Patentli ishonchli vakillar davlat reyestri | |
| 16 | Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻgʻrisida shartnomalar maʼlumotlar banki | |
| 17. | Davlat, tarmoq standartlari, maʼmuriy-hududiy standartlar hamda amal qilinadigan hujjatlar va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalar davlat reyestri | Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
|
17-1. |
Korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlari, standartlari va ularga oʻzgartirishlar davlat reyestri | |
|
17-2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri | |
| 17-3. | Sertifikatlangan mahsulotlarning davlat reyestri | |
| 17-4. | Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 18. | Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri | |
| 19. | Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri | |
| 20. | Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri | |
| 21. | Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri | |
| 22. | Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri | |
| 24. | Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
| 25. | Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar davlat registri | |
| 26. | Davlat kartografiya-geodeziya fondi | |
| 27. | Davlat yer fondi | |
| 27-1. | Oldindan tayyorlab qoʻyilgan maʼlumotnoma xarita | |
| 27-2. | Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 28. | Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri | Davlat statistika qoʻmitasi |
| 29. | Muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogi | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 30. | Madaniy-maʼrifiy inshootlari reyestri | |
| 31. | Sport turlari boʻyicha mamlakat rekordlari reyestri | |
| 31-1 | Sport inshootlari reyestri | |
| 32. | Maktabgacha taʼlim muassasalari | Xalq taʼlimi vazirligi |
| 32-1. | Umumiy oʻrta taʼlim taʼlim muassasalari | |
| 32-2. | Maktabdan tashqari taʼlim taʼlim muassasalari | |
| 33. | Umumtaʼlim maktablari uchun oʻquv, badiiy va metodik adabiyotlarning yagona maʼlumotlar bazasi | |
| 34. | Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 35. | Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklar | |
| 36. | Davlat taʼlim standartlari | |
| 36-1. | Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura ixtisosliklari oʻquv rejalari | |
|
36-2. |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari maʼlumotlar bazasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 37. | ���yensionerlar maʼlumotlar bazasi | Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
| 38. | Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (jismoniy shaxslar) | Ichki ishlar vazirligi |
| 38-1. | Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 38-2. | Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 38-3. | Tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 38-4. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-5. | Yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-6. | Profilaktik hisobda turgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-7. | Respublika qidiruvida boʻlgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-8. | Davlatlararo qidiruvda boʻlgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-9. | Temir yoʻl chiptalari sotib olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-10. | Aviachiptalar sotib olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-11. | Yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan va topilgan raqamli buyumlarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-12. | Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan va olib qoʻyilgan narezkali qurollarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-13. | MDH davlatlari boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan va olib qoʻyilgan narezkali qurollarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-14. | Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan va oʻgʻirlangan avtotransport vositalarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-15. | MDH davlatlari boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan va oʻgʻirlangan avtotransport vositalarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-16. | Fuqarolar va tashkilotlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan qurollarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-17. | Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-18. | Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining maʼlumotlar bazasi | |
| 38-19. | Haydovchilik guvohnomasi olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi | |
| 38-20. | Maʼmuriy huquqbuzarliklarning maʼlumotlar bazasi | |
| 39. | Oʻzbekistonning tabiiy resurslari | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
|
39-1. |
�z�nni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
|
39-2. |
Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish maʼlumotlar bazasi | |
| 40. | Ommaviy axborot vositalari yagona reyestri | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
40-1. |
Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri |
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
40-2. |
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri | |
| 41. | Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 42. | Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestri | |
| 43. | Davlat organlari veb-saytlari | |
|
43-1. |
Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish sohasida berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 43-2. | Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 43-3. | Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 43-4. | Koʻchma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 43-5. | Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 43-6. | Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 43-7. | Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 43-8. | Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi | |
| 43-9. | Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri | |
| 44. | Fan, adabiyot, sanʼat asarlari va ularning mualliflari, turdosh huquqlar subyektlari va obyektlari | Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi |
| 45. | Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasi | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 46. | Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 47. | Energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi |
| 48. | Import va eksport boʻyicha gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini davlat inspeksiyasidan oʻtkazish reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi |
| 49. | Bank depozitorlari milliy axborot bazasi | Markaziy bank |
| 50 | Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYAB) | |
| 50-1. | Tijorat banklariga bank faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 50-2. | Tijorat banklariga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada operatsiyalar oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 50-3. | Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri. | |
| 50-4. | Garovxonalar faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 50-5. | Kredit uyushmalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 50-6. | Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 51 | Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 51-1. | Investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasi | |
|
51-2. |
Asosiy xom ashyo tovarlari kotirovkalari maʼlumotlar bazasi |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 52. | Idoralarda (vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar markaziy muassasalar va boshqalarda) saqlanadigan hujjatlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi |
| 53. | Qurilish sohasida amaldagi normativ hujjatlarning koʻrsatkichi | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi |
| 54. | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 55. | Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 56. | Balandliklarda sanoat alpinizmi usulida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 57. | Koʻprik-tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 58. | Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 59. | Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 60. | Yer osti boyliklari toʻgʻrisida geologik va boshqa maʼlumotlar davlat fondi | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi |
| 61. | Foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalarining davlat reyestri | |
| 62. | Foydali qazilmalar, shu jumladan uglevodorodlar zaxiralarining davlat balansi | |
| 63. | Konlar, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri | |
| 64. | Davlat suv kadastri (yer osti suvlari) | |
| 65. | Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo boʻladigan zonalar) davlat kadastri | |
| 66. | Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestri | |
| 67. | Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi |
| 68. | Attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslar (qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari)ning yagona davlat reyestri | |
| 69. | Respublikada roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarning yagona davlat reyestri | |
| 70. | Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning davlat reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi |
| 71. | Birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan birjalar reyestri | |
| 72. | Tovar-xom ashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun sertifikatga ega boʻlgan mutaxassislar reyestri | |
| 73. | Koʻchmas mulk bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun sertifikatga ega boʻlgan mutaxassislar reyestri | |
| 74. | Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun sertifikatga ega boʻlgan mutaxassislar reyestri | |
| 75. | Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan mutaxassislar reyestri | |
| 76. | Sogʻliqni saqlash muassasalari reyestri | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 77. | Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 79. | Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 80. | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning aylanishi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 81. | Bojxona ombori taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Davlat bojxona qoʻmitasi |
| 82. | Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 83. | “Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
|
83-1. |
Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlar bazasi |
|
|
83-2. |
Roʻyxatdan oʻtkazilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi | |
|
83-3. |
Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi | |
| 84. | Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi |
| 85. | Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi |
| 86. | Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 87. | Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 88. | Giyohvandlikka oid sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish maʼlumotlar banki | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi |
| 89. | Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan alohida xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 90. | Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar, avariyalarning maʼlumotlar bazasi | |
| 91. | Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 92. | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻlishi sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 93. | Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 94. | Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlangan fan doktorlari va nomzodlarining maʼlumotlar bazasi | Oliy attestatsiya komissiyasi |
| 95 | Axbor?tni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati |
| 96. | Tarkibida qimmatli va rangli metallar, qimmatli toshlar mavjud boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni tayyorlash, qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi |
| 97. | Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish, shuningdek aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish, aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 98. | Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 99. | Neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 100. | Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari. | Tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
| 101. | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
| 102. | Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 103. | Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 104. | Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, zavodda idishlarga joylanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari) | |
| 105. | Mahalliy va xalqaro temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 106. | Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha havo transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 107. | Etil spirti hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 108. | Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 109. | Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 110. | Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 111. | Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 112. | Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 113. | Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 114. | Kinovideomahsulotlar prokati faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 115. | Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
| 116. | Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona maʼlumotlar bazasi | Davlat-tijorat Xalq banki |
| 117. | Malaka toifalari toʻgʻrisida sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari pedagoglari reyestri | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi |
| 118. | Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi reyestr | |
| 119. | Yuridik shaxslarga temir yoʻl transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini ularning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 120. | Milliy va xorijiy axborot resurslari maʼlumotlar bazasi | Oʻzbekiston milliy kutubxonasi |
| 121. | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari maʼlumotlar bazasi | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 51-modda; 2007-y., 7-8-son, 65-modda; 2008-y., 19-son, 159-modda; 2009-y., 34-son, 374-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 48-son, 447-modda,51-son, 486-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda, 36-son, 367-modda; 2012-y., 5-son, 47-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)