Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 08.02.2006 yildagi PF-3718-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 26 FEVRALDAGI “UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”GI PF–3038-SON FARMONIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi “Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–69-son qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-fevraldagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–3038-son Farmonining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilab qoʻyilsinki, 2002—2006-yillar mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari hamda obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, shuningdek yer uchastkalarini fuqarolarning umrbod meros boʻlib qoladigan egaligiga sotishdan tushadigan mablagʻlar (yer uchastkalarini sotish tushumining belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga oʻtkaziladigan 3 foiz miqdordagi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzurida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy qayta qurish jamgʻarmasini shakllantirish uchun 2 foiz miqdordagi, Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan 5,5 foiz miqdordagi hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini umrbod meros boʻlib qoladigan egaligiga kimoshdi savdosi orqali sotishdan tushadigan mablagʻning 50 foizi miqdorida Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari) 1991-yilgacha qadar barpo etilgan uy-joylarni rekonstruksiya qilish, ularning ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini kapital taʼmirdan chiqarish, turar-joy binolarining umumfoydalanadigan joylarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF–3718-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 32-modda)