O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
O‘zbekiston Resublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF–2326-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “25 yoshgacha bo‘lgan” so‘zlari “14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-fevral,
PF-3717-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 4-5-son, 22-modda)