Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.06.2000 21.12.1995 yildagi 159-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.06.2000
Hujjat 04.01.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KIChIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 3-bandi birinchi xatboshisiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish ushbu Qonunga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, hisobot davrida (bir yil davomida) xodimlarining oʻrtacha soni quyidagi eng yuqori darajadan (kichik korxonalar) oshmaydigan korxonalar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va qurilishda — 50 kishigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligida va ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 25 kishigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va ilmiy xizmat koʻrsatishda — 10 kishigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 10 kishigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdoda — 5 kishigacha.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlovchilarning belgilab qoʻyilgan sonini hisobot davrida oshirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining yoki boshqa shaxslarning jalb etilgan mol-mulki asosida oʻz mehnati yoki yollangan mehnatni qoʻllanish vositasida, tavakkal qilib va mulkiy javobgarlikni zimmasiga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishga, foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni tuzmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar ham kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik uyushmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish hamda ularning faoliyati bilan bogʻlik vazifalarni birgalikda hal etish maqsadida xoʻjalik uyushmalari tuzilishi mumkin boʻlib, ular oʻzlarining ustavdagi vazifalarini roʻyobga chiqarish uchun ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari zarur hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ularni roʻyxatga olishni rad etishga yoki roʻyxatga olish uchun qoʻshimcha shartlar belgilashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olishni asossiz rad etish ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud roʻyxatga olish organining xatti-harakatini (qarorini) qonunga xilof deb topgan taqdirda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq xarajatlarini mazkur organ qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlagan taqdirda kichik va xususiy tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari davlat statistika muhosiba hisobotlarini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan, hisobotdorlikning soddalashtirilgan taomili hamda shakllarini nazarda tutadigan tartibda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy mehnatga oid va boshqa resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlari tegishincha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, davlat roʻyxatiga olinishi zarur, bu hujjatlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari xoʻjalik va boshqaruv faoliyatini amalga oshirishda oʻz tashabbusi bilan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatning xizmat yoki tijorat siri boʻlgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va xususiy tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar, boy berilgan foydani qoʻshgan holda, shu organlar tomonidan qoplanishi lozim. Zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sudda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holda va tartibda olib qoʻyish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan ragʻbatlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini tartibga solish va ragʻbatlantirish davlat tomonidan normativ-huquqiy negizini takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy taʼsir koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat hamda hududiy dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlari bozor infrastrukturasini vujudga keltirishni, qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirishni hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish tadbirlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturlarni moliyaviy taʼminlash kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondlari, xalqaro dasturlar boʻyicha, xususiy va boshqa manbalardan jalb etilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini moliyaviy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav sarmoyasida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatish shaklida texnik jihatdan koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infrastrukturani rivojlantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish yoʻli hamda qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari bilan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish uchun hosil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishning ustuvorliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va shunday xizmatlar koʻrsatish yuzasidan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barpo etish kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barpo etishda xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy korxonalarni barpo etishda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan asosiy fondlar qiymatining imtiyozli indeksatsiyasi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari xususiylashtirilganidan keyin, maxsus investitsiya fondlari va banklarini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarish uchun xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni jamlash va ulardan foydalanish yoʻli bilan, shuningdek boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari yer uchastkalarini ijaraga olish, shuningdek binolarni, inshootlarni, mashinalarni, uskunalarni va boshqa mol-mulkni ijaraga olish, shu jumladan ixtisoslashtirilgan lizing korxonalari vositachiligida keyinchalik sotib oladigan tarzda ijaraga olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari imoratni ijaraga olish yoki sotib olishda, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda sotib olishda birinchi navbat huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Axborot sohasida qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik obyektlarini iqtisodiy, huquqiy, statistika, ishlab chiqarish-texnologiyaga oid va samarali faoliyat yuritish uchun kerakli boshqa axborotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmati koʻrsatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ishlab chikarish-texnologiya jihatidan qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari zamonaviy uskuna va texnologiyalar olishiga, texnoparklar, lizing korxonalari, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari va infrastrukturaning boshqa obyektlari tarmogʻini barpo etishga yordam berish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydilar, ixtisoslashgan ulgurji bozorlar, yarmarkalar barpo etish va tashkil etishda yordamlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari mahsulotlar xarid etish va yetkazab berish, xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalarni tuzish vaqtida buyurtmalarni tanlov asosida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga taqsimlab berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlari va xizmatlarini realizatsiya qilish vaqtida narx belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻz mahsulotlari va xizmatlarini, mavjud talab-ehtiyojlardan kelib chiqib erkin bahoda realizatsiya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan soliq olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan, shu jumladan qishloq joylarda faoliyat olib borayotgan yoki raqobatbardosh va eksportga moʻljallangan mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan soliq olish, shuningdek ularni soliq toʻlashdan ozod qilish, soliq toʻlashni kechiktirib turish tartibi va soliq olish boʻyicha boshqa imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq olishga doir qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida ular davlat roʻyxatidan oʻtgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan mahalliy budjetlarga tushadigan soliq tushumlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan keladigan soliq tushumlarining mahalliy budjetlarga yoʻllanadigan ajratmalari normativlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllanishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilib, amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan asosiy fondlar dastlabki qiymatining 50 foiziga qadarini hisobdan chiqarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Qishloqdagi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya taʼminoti manbaini ishlatishda beriladigan imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya taʼminoti manbaidan foydalanishda qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloqdagi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli kreditlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarz oluvchining qarzni toʻlashga qodirligini va tavakkal qilish darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli kreditlashni maxsus fondlar ixtisoslashtirilgan agentliklarning sugʻurta polisi asosida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni sugʻurta yoʻli bilan himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sugʻurtalashni sugʻurta tashkilotlari amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan hamda kreditlar qoplanmaganligi uchun qarzdorni javobgarlikdan imtiyozli shartlarda sugʻurta yoʻli bilan himoya qilish ixtisoslashtirilgan sugʻurta agentliklari va boshqa sugʻurta tashkilotlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sugʻurta qilishni amalga oshirayotgan sugʻurta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro kredit berishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari qatnashchilarning vaqtincha ishlatilmayotgan pul mablagʻlarini moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida jamlash uchun oʻzaro kredit berish jamiyatini tashkil etishga haqlidir. Shu bilan birga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan imtiyozlar oʻzaro kredit berish jamiyatiga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Tijorat banklarining kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga zarar yetkazilganligi uchun javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga zarar yetkazilganligi uchun, shu jumladan boy berilgan foyda tarzida zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bankdagi oʻz hisobvaraqlaridan oʻz mablagʻlarini olishni rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek mazkur subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlarni va loyihalarni roʻyobga chiqarishda qatnashuviga oid tadbirlarni amalga oshiradilar, ularning xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda katnashishlariga yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni taʼminlaydi. Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidasi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 252-modda 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda)