Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2023 14.01.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1537
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 14.01.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1537
Kuchga kirish sanasi
24.01.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.01.2023
Hujjat 24.01.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIBBIYOT MUASSASALARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISh VA RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAgi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-yanvarda 1537-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-sonli “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3416, 16.01.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 47-48-son, 354-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish Jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
06-3/436-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5083-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Moliya vazirligining
2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436, 5083,107-sonli qarori bilan
TACDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish Jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 47-48-son, 354-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) muvofiq tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish uchun tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish Jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlarini sarflash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish Jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 2006-yil 1-yanvardan rivojlantirish Jamgʻarmasi negizida barcha budjet tibbiyot muassasalarida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga vijdonan munosabati va koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasi bazasiga oylik ustamalar belgilash, bir yoʻla moddiy yordam va mukofotlar toʻlash shaklida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarni ragʻbatlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, modernizatsiya qilishga va taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Jamgʻarmaning manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari umumiy hajmining 5 foizigacha boʻlgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik va donorlik tashkilotlaridan hamda pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda tejalgan budjet mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiyot muassasalari Jamgʻarma xarajatlarini sarflashning ikki mustaqil yoʻnalishi boʻyicha mablagʻlarning alohida hisobini yuritadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, modernizatsiya qilish va taʼmirlashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar homiy, donor tomonidan boshqa hollar maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa, homiylik va donorlik tashkilotlarining mablagʻlari, shuningdek pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar tibbiyot muassasasi tomonidan ulardan keyinchalik xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va taʼmirlashda foydalanish uchun belgilangan mutanosiblikka muvofiq bank muassasasida alohida hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan budjet mablagʻlari ulardan keyinchalik xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va taʼmirlashda foydalanish uchun belgilangan mutanosiblikka muvofiq har bir chorak yakunlari boʻyicha tibbiyot muassasasi tomonidan bank muassasasida alohida hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda va tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va taʼmirlashda foydalanish tegishli ravishda ushbu maqsadlar uchun belgilangan mablagʻlar qoldigʻi va bank muassasalaridagi alohida hisob raqamlaridagi mavjud mablagʻ doirasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jismoniy shaxslarning Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan olgan daromadiga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma mablagʻlari tibbiyot muassasasi qaysi guruhga mansubligiga qarab quyidagi mutanosiblikda taqsimlanadi va sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xarajatlar yoʻnalishi‎

I guruh muassasalar‎ II guruh muassasalar‎ III guruh muassasalar‎ IV guruh muassasalar‎
Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish‎ 25% dan ortiq boʻlmagan‎ 35% dan ortiq boʻlmagan‎ 40% dan ortiq boʻlmagan‎ 50% dan ortiq boʻlmagan‎
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, modernizatsiya qilish va taʼmirlash‎
‎kamida 75%‎

‎kamida 65%‎

‎kamida 60%‎

‎kamida 50%‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tibbiyot muassasalari xodimlariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishlarning boshqa turlarini belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Barcha tibbiyot muassasalarida mehnatga vijdonan munosabati, koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun xodimning tarif stavkasiga oylik ustamalar belgilash uchun mezonlarni aniqlash qismida yagona yondashuvga rioya qilinishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlarining ishga vijdonan munosabati va koʻrsatayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar tegishli xodimning tarif stavkasidan 5 dan 20 foizgacha miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oylik ustamalar xodimlarning lavozimiga va tibbiyot muassasalari guruhiga qarab quyidagi doiralarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lavozimlar nomi‎ I guruh muassasalar‎ II guruh muassasalar‎ III guruh muassasalar‎ IV guruh muassasalar‎
Kichik tibbiyot xodimlari‎ 5-15 %‎ 5-15 %‎ 5-15 %‎ 10-20 %‎
Oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari‎ 10-15 %‎ 10-15 %‎ 10-15 %‎ 10-20 %‎
Vrach xodimlar va provizorlar‎ 10-15 %‎ 10-15 %‎ 10-20 %‎ 10-20 %‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Alohida tibbiyot xodimlari uchun ustamalar belgilash quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni albatta hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning sifati — davolash usullarini qoʻllashdan asorat qolishining past darajasi, bemor holatining ijobiy muttasil oʻsishi, tibbiy yordam sifatiga bemorlar tomonidan shikoyat qilinmaganligi, retsidivlarning past darajasi, qoʻllanilayotgan davolashning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligi. Ambulatoriya-poliklinika boʻgʻinida — biriktirilgan kontingentning dispanserlashtirish bilan toʻliq qamrab olinganligi va sogʻligi holati koʻrsatkichlarining yaxshilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bilan bandligi — xodimning amalda bandligi, ish vaqti davomida xizmat koʻrsatish meʼyorlarini hisobga olgan holda mansab majburiyatlarini bajarishi; belgilangan xizmat koʻrsatish meʼyorlariga muvofiq xizmat koʻrsatilgan bemorlarning, laboratoriya analizlari va boshqa davolash-diagnostika tadbirlarining miqdor maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan tibbiy yordam koʻrsatish hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning murakkabligi — koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning umumiy hajmida murakkab (yuksak kasb bilimlarini, yuqori darajada aniqlikni, yuksak texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan) tibbiy aralashuvlar, manipulatsiyalarning yuqori salmogʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslik tarmogʻida koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning oʻxshashi yoʻqligi — eng kam hajmda boʻlgan jarrohlik aralashuvlari va oqilona sarf qilgan holda bemorlarning yanada tezroq sogʻayishiga koʻmaklashadigan jahon standartlari darajasidagi yangi texnologiyalar va zamonaviy uskunalar qoʻllanilgan holda bajarilgan tibbiy yordam hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiyot muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini bir yoʻla mukofotlash muassasani rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi va faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun unga bir lavozim maoshigacha miqdorda mukofot tayinlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiyot muassasalari xodimlariga moddiy yordam favqulodda hollarda ularning murojaatiga koʻra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, ogʻir jarohatlar olish, kasal boʻlish, tabiiy ofatlar oqibatlari va boshqa shunga oʻxshash hollarda) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tibbiyot xodimlarining mehnatga vijdonan munosabati va yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatganligi uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha maxsus komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamgʻarma hisobidan ustamalar, mukofotlar va moddiy yordamlar toʻlash Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi. Buyruqda alohida xodimlarga beriladigan moddiy ragʻbatlantirishning aniq turlari, uning miqdori va toʻlash muddatlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ustamalar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish turlarini toʻlash ish haqi toʻlanishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va taʼmirlash maqsadida Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va taʼmirlash maqsadida Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha maxsus komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha maxsus komissiyaning qarori asosida tibbiyot muassasasi rahbari mablagʻlarni sarflashning aniq maqsadlari, yoʻnalishlarini va uning miqdorini koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishi uchun javobgarlik va nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sogʻliqni saqlash yuqori turuvchi boshqaruv organlarining rahbarlari, maxsus komissiya aʼzolari, shuningdek, tibbiyot muassasasi rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibiga rioya qilinishi, xolisligi va haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini qonunchilikda koʻrsatilgan tartibda tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 15-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1537-1/0240-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)