09.01.2006 yildagi PF-3709-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar mamlakatda meva-sabzavot mahsuloti va uzum yetishtirish va uni kompleks qayta ishlashni rivojlantirish, uning samaradorligi va sifatini yanada oshirish, shuningdek, zarur eksport bazasini yaratishning eng muhim shartlari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tarmoqqa bozor iqtisodiyoti tamoyillari va normalarini hamda shartnoma munosabatlarini keng joriy etish, meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, o‘z mehnati natijalari, yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligini kengaytirish, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik texnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tugatilayotgan shirkatlar hududida zarur ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab chiqarish va sotish punktlari barpo etish.
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkatlarining ekin maydonlarida tashkil etiladigan fermer xo‘jaliklari maxsus komissiyalar tomonidan ochiq va oshkora tanlovlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning natijalariga ko‘ra boshqa teng shartlar bo‘lgani holda, mazkur uchastkada oilaviy pudrat asosida ishlagan shirkat a’zolariga g‘oliblik huquqi beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bog‘ va uzumzorlar fermerlarga elektron onlayn auksion savdolari orqali sotiladi, savdolarda mazkur sohada muayyan ish staji va malakalariga ega bo‘lgan da’vogarlarning ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yiladi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bog‘ va uzumzorlar joylashgan yer maydonlari elektron onlayn auksion savdosi g‘oliblariga hadya qilish, sotish, garovga berish, ayirboshlash huquqini bermagan holda uzoq muddatli ijaraga topshiriladi;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bog‘ va uzumzorlarni elektron onlayn auksion savdosida sotishdan tushadigan mablag‘lar eng avvalo tugatilayotgan shirkatning kreditorlik qarzini uzishga yo‘naltiriladi, mablag‘larning qolgan qismi shirkat paychilari o‘rtasida ularning paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etilgan fermer xo‘jaliklari o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan to‘la qoplash tamoyillari asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fermer tomonidan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan, yer resurslaridan maqsadga nomuvofiq va noratsional foydalangan, shuningdek yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi talablarini bajarmagan taqdirda shartnoma belgilangan tartibda sud orqali muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fermer xo‘jaligida xodimlar, jumladan xo‘jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo‘li bilan tartibga solinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) meva-sabzavotchilik va uzumchilik fermer xo‘jaliklarining qayta ishlash korxonalari va xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar bilan o‘zaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK, xo‘jalik yurituvchi subyektlar agrosanoat firmalarini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agrofirmalar fermer xo‘jaliklari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi, ayni chog‘da muassislar tarkibiga fermerlar bilan bir qatorda barqaror xo‘jalik aloqalari va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan, shuningdek, yaqin hududda joylashgan meva-sabzavot va uzumchilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar kirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar shaklida tashkil qilinishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fermer xo‘jaliklarining agrofirma tarkibiga kirgan qayta ishlovchi va boshqa korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agrofirma muassislari — fermer xo‘jaliklari shartnomadan tashqari yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini o‘z xohishiga qarab ichki bozor va eksportga sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (Mirziyoyev) manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda bir oy muddatda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalarini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PF-4399-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 558-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon talablari va qoidalari bajarilishini ta’minlaydigan qaror loyihasi hamda aniq tashkiliy tadbirlarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XKning boshqaruv tuzilmasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilsin, bunda kompaniya spirt, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalarini saqlab qolishi, konserva sanoati korxonalari esa agrofirmalar tarkibida ishtirok etish imkoniyati bilan mustaqil faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 9-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3709-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 2-son, 6-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 15-son, 180-modda; 2011-y., 4-5-son, 32-modda; 2011-y., 52-son, 558-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)